Ijtimoiy psixologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. I.p. faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-a.ning 2-yarmida I.p. ni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. 2-jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi. Ayniq-sa, AQShda Kotorning oʻtkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari I.p. tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqi-qotlarga kichik guruhlar asosiy obʼyekt kyugab olingan, tajribalar esa lab. sharoitida oʻtkazilgan. I.p. fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va gu-ruhiy oʻzaro taʼsir, guruxlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong , mentalitet, milliy qiyofa, harakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va b. ni tekshiradi. I.p. bir necha sohalarni oʻz ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiya-si, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy I.p. kabilar. Oʻzbekistonda I. p. yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu ishlar zaminida I. p. sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi" ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan "Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsatadi.

Ergash Gʻoziyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil