Igor Belolipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Vladimirovich Belolipov
Tavalludi 20-fevral 1938-yil (1938-02-20) (86 yosh)
Toshkent shahri, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi oʻsimliklar gistologiyasi, morfologiyasi boʻyicha mutaxassis
Sohasi botanika
Taʼlimi Toshkent davlat agrar universiteti
Ilmiy darajasi Biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi
Mehnat shuhrati ordeni

Igor Vladimirovich Belolipov (1938-yil 20-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik botanik olim, oʻsimliklar gistologiyasi, morfologiyasi boʻyicha mutaxassis, biologiya fanlari doktori (1983), professor (1991).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Vladimirovich Belolipov 1938-yil 20-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1946—1956-yillarda Toshkentdagi 98-maktabda oʻqigan. 1956—1961-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutining oʻrmon xoʻjaligi fakultetida tahsil olgan[2]. 1961—1962-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademik Fyodor Nikolayevich Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻining katta laborant, 1962—1963-yillarda mazkur bogʻda kichik ilmiy xodim, 1963—1966-yillarda aspirant, 1966—1968-yillarda Toshkent botanika bogʻida kichik ilmiy xodim, 1968—1978-yillarda katta ilmiy xodim, 1978—1985-yillarda Toshkent botanika bogʻi „Yuksak oʻt oʻsimliklari“ laboratoriyasi mudiri, 1985—2004-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasi mudiri, 1988—1991-yillarda qishloq xoʻjaligi instituti meva-sabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi fakulteti dekani[2][3], 2004—2010-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti ekologiya va botanika kafedrasi professori, 2010—2017-yillarda universitetning qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi va fitopatologiya kafedrasi professori, 2015—2017-yillarda botanika va agrobiotexnologiya kafedrasi professori, 2017—2018-yillarda dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan[1]. 2018-yildan Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika kafedrasining professori[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Belolipov 350 ta ilmiy ishlar, jumladan 3 ta darslik, 15 ta oʻquv qoʻllanma, 30 ta uslubiy qoʻllanma, 6 uslubiy tavsiya, 4 ta monografiya muallifi.1967-yilda ruscha: Биология и экологии интродутцированые видов рода RHUS условиях Ташентского ОАЗСА mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi, 1983-yilda „Oʻrta Osiyo florasidagi oʻtli oʻsimliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2]. Igor Belolipov Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi Belolipov astragalini oʻstirgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Belolipov 1999-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni[2], 2002-yil 26-avgustda „Doʻstlik“ ordeni[3], 2017-yil 7-dekabrda „Mehnat shuhrati“ ordeni[4] bilan taqdirlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 S.Y. Islamov, K.X. Buxorov, N.Z. Arabova, A.M. Islamov. Игорь Владимирович Белолипов B.A. Sulaymonov, R.X. Xamidullayeva: , Toshkent — 172 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Erkin Zaripov, Gulnoz Saparova. „Professor Igor Belolipov: Oʻzbek tili ona tilimdek yuragimdan joy olgan“. gujum.uz (2019-yil 18-fevral). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Белолипов Игорь Владимирович“. agrowebcee.net. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  4. „Qishloq xo‘jaligi rivojiga hissasi uchun prezident tomonidan mukofotlanganlar ro‘yxati keltirildi“. kun.uz (2017-yil 10-dekabr). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.