iPhone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Iphone

iPhoneApple Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan to’rtdiapazonli GSM-telefon, oʻz ichiga qo’yidagi funksiyalarni mujassamlashtiradi: iPod, kamerafon va Internet-planshet.Mac OS X operatsion sistemasi platformasida ishlaydi.

Mundarija

[tahrir] Birinchi avlodi

Birinchi taqdimot Macworld konferensiyasida 2007-yil 9-yanvarda bo’lib o’tdi. Taqdimotni Steve Jobs olib bordi. iPhone sotuvlari AQSH bozorlarida 2007-yil 29-iyundan boshlandi. Sotuvlar Yevropa va Kanada bozorlarida 2007-yilning to’rtinchi choragidan, Meksika, Avstraliya va Osiyo bozorlarida - 2008-yildan, Braziliya bozorlarida esa 2009-yildan sotila boshlanadi. Rossiya va MDHda ishlab chiqaruvchining marketing siyosati tufayli sotilmaydi. iPhonening narxi AQSH ning AT&T bilan tuzgan ikki yillik shartnomasiga asosan quyidagicha(2007-yil ma'lumotlari bo`yicha):

  • -299$ 4GB xotirali;
  • -399$ 8GB xotirali.

"iPhone" savdo belgisi Cisco Systems kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya 2006-yilda shu nomli internet-telefoniyalar uchun apparat ishlab chiqardi. Uzoq vaqt sud jarayonlari va tortishuvlardan so’ng Apple va Cisco Systems "iPhone" markasini butun dunyoda birga ishlatishga kelishuvga rozi bo`lishdi.

[tahrir] iPhone 3G

iPhone ni orqa tomondan ko`rinishi. Orqa tomoni metal va qora plastikdan tayyorlangan.

2008-yil 9-iyunida iPhonening 2-avlodi taqdim etildi. Ushbu telefonlar ilk iPhone avlodlaridan farqli jihati, 3G standartida ishlay olishidir.

Apple raisi va asoschisi Steve Jobs namoyish etgan taqdimotda aytilishicha, iPhone 3G telefonlari endilikda AQSh bozorlarida ancha arzon narxlarda sotila boshlaydi:

  • -199$ 8GB hajmli;
  • -299$ 16Gb hajmli.

Lekin telefon AQShda faqat AT&T tarmog`ida ishlaydi va Janob Jobs aytgan bahoda olish uchun abonent 2 yillik shartnoma asosida qo`shimcha $20 lik(oyiga) ma'lumotlar paketini sotib olishi kerak.[1] Shuningdek, AT&T kompaniyasi shartnomalarsiz ham quyidagi narxda sotib olish mumkin:

  • -599$ 8GB hajmli;
  • -699$ 16Gb hajmli.[2]


[tahrir] Asosiy ko’rsatkichlari:

[tahrir] Kompyuterga sistemali talablar:

  • Mac yoki PC;
  • iTunes 7;
  • Internetga ulanish;
  • Mac:Mac OS X 10.4.8 va undan yuqori, port USB 2.0;
  • PC: port USB 2.0, Windows XP yoki Professional (Service Pack 2);

[tahrir] Boshqaruv :

Iphone
  • Multitouch tehnologiyali sensorli display;
  • Yagona “Home” tugmasi;
  • Stilusning yoʻqligi;
  • Mac OS X –operatsion sistemasi;
  • Wi-Fi(802.11b/g) + EDGE + Bluetooth 2.0;
  • Safari brauzer va Google Maps;
  • Razmeri - 115x61x11.6 mm;
  • Og’irligi - 135g;
  • Kirish – Multi–touch;
  • Ekran razmeri - 3.5 dyum;
  • Ichki hotira - 4 yoki 8 Gb;
  • GSM - toʻrt diapazonda(850,900,1800,1900 MGs);
  • Kamera – 2 megapiksel;
  • Soʻzlashuv rejimida 5 soatgacha/video koʻrish yoki Internet;
  • Musiqa eshitish rejimida 16 soatgacha;

[tahrir] Portlari:

  • Ipod connector;
  • 3.5 mm minidjek – audio kirish/chiqish;
  • Sim karta uchun joy;

[tahrir] Ishoratlar

[tahrir] Shuningdek qarang

[tahrir] Video

[tahrir] Havolalar

VikiOmbor
VikiOmborda Category:IPhone
haqida sahifa mavjud.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda