IELTS Premier with 8 Practice Tests

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IELTS Premier with 8 Practice Tests
Til inglizcha
Janr(lar)i test qoʻllanmasi
Nashriyot Kaplan
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2009 (1-nashr)
2010 (2-nashr)
2016 (3-nashr)
Sahifalar soni 299 (1-nashr)
264 (2-nashr)
497 (3-nashr)
ISBN ISBN 978-1-4277-9961-6 (1-nashr)
ISBN 978-1-6071-4655-1 (2-nashr)
ISBN 978-1-5062-0867-1 (3-nashr)

„IELTS Premier with 8 Practice Tests“ („8 mashq testi kiritilgan IELTS Premier“) — IELTS testiga hozirlanish uchun moʻljallangan qoʻllanma. Ilk bor 2009-yil Kaplan nashriyotida „IELTS: 2009-2010 Edition“ („IELTS: 2009-2010-yilgi nashr“) nomi bilan chop etilgan. 2010-yil ikkinchi nashri shunchaki „IELTS“ nomi bilan nashr qilingan. 2016-yilga kelib toʻldirilgan uchinchi nashri „IELTS Premier with 8 Practice Tests“ nomi bilan chop etilgan.

Uchinchi nashrni hozirlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Kim Bowers, Louise Cook, Scarlet Edmonds, Joanna Graham, Brian Holmes, Bharat Krishna, Richard Patterson, Alison Ramage, Teresa Rupp, Nimesh Shah, Noel Smaragdakis, Paul Stafford. Asarni IELTS testini uyushtiruvchi University of Cambridge ESOL Examinations, British Council hamda IDP Education Australia tashkilotlari moliyalashtirmagan yoki qoʻllamagan. Qoʻllanmaning uchinchi nashriga 8 ta (Academic moduli boʻyicha 6 ta, General Training moduli boʻyicha 2 ta) toʻliq mashq testi kiritilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]