Huquq falsafa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HUQUQ FALSAFASI huquqning mohiyati, vujudga kelishi, huquqiy qoidalarning axloqiy normalar bilan mutanosibligi va shu kabi boshqa muammolarning falsafiy talqini. Huquq falsafasi huquqni mantiqiy, gnoseologik, psihologik, sotsiologik va axloqiy nuqtai nazardan tadqiq etadi. Huquq falsafasi uzoq muddat davomida falsaiy taʼlimotlarning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanib keldi. Antik falsafa namoyandalari (Suqrot, Platon, Aristotel) Huquq falsafasining qator muammolariga qoʻl urgandilar. Ular huquq va adolat, huquq va qonun, huquq va kuch-qudrat oʻrtasidagi munosabatlarni, huquqning ijtimoiy qadriyatlar iyerarxiyasidagi oʻrnini aniqlashga intildilar. Huquq Falsafasi, ayniqsa, maʼrifatparvarlik falsasida (tabiiy huquq nazariyasi), nemis klassik falsasida (masalan, G.Gegelning „Huquq falsafasi“ asari) katta oʻrinni egalladi. XX asrningning 2-yarmida Huquq falsafasi bilan Gusserl, Sheler. Gartman va qator ekzistensializm namoyandalari shugʻullandilar. Mazkur mutafakkirlar huquq ontologiyasini yaratishga intiladilar. Ularning fikricha, huquqning oʻziga xos birligi mavjud, huquqshunos esa turli huquqiy tushunchalar, meʼyorlar va qadriyatlarni kashf etib boradi. Bugungi kunda Gʻarbda Huquq falsafasining tarixiy huquqiy maktab (Sa- vini) va neokantchilik (R.Shtammler) kabi yoʻnalishlari obroʻ qozongan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falasafa qomusiy lugʻat. „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004