Hojiumar Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hojiumar Qosimov
Tavalludi 1901-yil 6-dekabr
Vafoti 1990-yil 19-avgust
Xoʻjand
Kasbi sozanda

 

Hojiumar Qosimov (1901-yil 6-dekabr, Andijon — 1990-yil 19-avgust, Xoʻjand) — sozanda, va sanʼat oʻqituvchisi 1963-yilda Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artisti[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hojiumar Qosimov 1901-yilda Andijon shahrining Xoqon qishlog‘ida olimlar oilasida tavallud topgan[2]. Yoshligidan sanʼatga mehr qo‘ygan, ona shahrining badiiy havaskorlik jamoalarida xonanda, raqqos bo‘lib sanʼatni o‘rgangan. Qo‘qon, Farg‘ona va Toshkentdagi ustozlardan sanʼatning nozik jihatlarini o‘rgangan. 1934-yilda Xo‘jand shahriga kelib, bu yerda musiqa va komediya teatrining asoschilaridan biriga aylanadi. Qariyb qirq yillik faoliyati davomida u qo‘shiq, raqs va aktyorlik yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Xususan, atoqli raqs o‘qituvchisi G‘affor Valamatzoda uning shogirdlaridan biridir.

Hojiumar Qosimov umrining oxirigacha professional sanʼatga fidoyi bo‘lib, Xo‘jand shahridagi madaniyat uyida yosh avlodga aktyorlik va raqs sanʼatidan saboq berdi. Ayniy nomidagi opera va balet teatri festivalga tojik sanʼati yulduzlari Hanifa Mavlonova, Tohfa Fozilova, Ahmad Boboqulov va boshqalar bilan birga ishtirok etdi.

Taniqli sanʼatkorlar Sayram Isoyeva, Neʼmatjon Do‘smatovlar Tojikiston Respublikasi hukumatiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Tantanali yopilish marosimidan so‘ng Xo‘jand shahar hokimi 1-son Madaniyat uyi qoshidagi badiiy to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur madaniyat uyida bir necha yillardan buyon „Nonpazi“, „Shaxmatchilar“ to‘garaklari, „Yoshlar nigohi“, „Mahfili hazjavobon“ nomli yosh fotosuratchilar to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga atrofdagi yoshlar va o‘smirlar jalb etilgan.

Hojiumar Qosimov 1990-yilda Xo‘jand shahrida vafot etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojik madaniyati namoyandalari. Tezis / Muallif-tuzuvchi Yormuhammadi Suchani. — Dushanbe, 2016. — 863 b.