Hindistonni Angliya tomonidan bosib olinishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindistonni Angliya tomonidan zabt etilishi, mus tamlaka hokimiyatning siyosati, mazkur davrda Hindistonni iqtisodiy rivoji haqida tasavvur shakllantirish. 1600 yilda qirolicha YelizavettaHindiston bilan savdo qiluvchi London savdogarlarining boshqaruvchisi va kompaniyasi” deb atalgan ingliz savdogarlar tashkilotiga muddati 15 yil bo‘lgan Dobraya Nadejda yarim orolidan Mogilan bo‘g‘ozigacha bo‘lgan hududda ingliz savdosiga monopoliya hadya etdi. Bu kompaniya Ost-Hind kompaniyasi sifatida ham ma’lum. Jeyms Lankaster boshchiligi ostida ziravorlar orollariga 2 ta sayyohat uyushtirilgan, bu sayyohatlardan olingan daromadlarni kompaniya aksiyalarining egalari o‘zaro taqsimlagan. 3 sayyohatni amalga oshirayotgan kema Suratga yetib keldi va bu yerda savdo ishlarini amalga oshira boshladi. Mazkur kemaning kapitani bo‘lgan turk tilida bemalol so‘zlasha oladigan Uilyam Xukens Jahongir huzuriga tashrif buyurib, unga Yakov I ning xatini topshirdi. Uni yaxshi kutib olishdi va ma’lum muddat davrida, ya’ni 1601 yildan 1611 yilgacha saroyda yashash ruxsatini berishdi. Biroq, mazkur saroyda portugaliyaliklarning ta’siri shu darajada kuchli ediki, ular inglizlarga Boburiylar portida savdo olib borish huquqini taqdim etishga to‘sqinlik qildilar. 1612 yilda Tomas Best boshchiligi ostida 2 ta kema Surat atrofidagi Portugaliya floti ustidan g‘alaba qozondi. Bu inglizlarning nufuzini oshirdi, 1613 yilda inglizlar Suratda doimiy faktoriyani tashkil etishga podshohning farmonini oldilar. 1615 yilda Surat atrofida inglizlar Portugaliya floti ustidan yana bitta g‘alaba qozondilar. Hozircha inglizlar ahamiyatsiz savdoni amalga oshirar edilar. bu paytning o‘zida portugaliyaliklar o‘z savdo ishini tizimli ravishda va katta miqyosda olib borar edilar.

Tomas Rou Boburiylar saroyida Yakov I ning elchisi sifatida kelganida ingliz savdogarlarining holati anuz ham mustahkam emas edi. Tomas Rou Boburiylar saroyida 3 yil faoliyat yuritdi, bunda u Bengaliya va Sindda savdo olib borishga ruxsat ololmadi, ammo Gujarotda inglizlar uchun savdo imtiyozlariga ega bo‘ldi. Ingliz faktoriyalari Agra, Axmadobod va Brochda ta’sis etildi, ularning barchasi Suratdagi faktoriya boshqaruvchisi qo‘l ostida edi, bu boshqaruvchi prezident deb atalar edi. 1622 yilda inglizlar Ormuzni zabt etdilar va shu orqali portugaliyaliklarni SHarqiy dengizlardagi istehkomlarini kuchsizlantirdilar. 1616 yilda Masulipatam va 1626 yilda Armagonda faktoriyalar ta’sis etildi. Boburiylar hokimiyati ingliz va gollandiyaliklarni portugallarga qarshi qo‘yish uchun rag‘batlantirdilar, ammo bu 2 ta protestant davlatlar hech ham birgalikda ish olib bormadilar va ayniqsa, 1623 yilning fevralida 10 ta inglizlar noqonuniy tarzda qal’ani zabt etib olish haqidagi fitnada ayblanib, qatl etilganidan, bu hodisa “Amboin xunrezligi” deb mashhur bo‘lgan, so‘ng hech qanday hamkorlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Boshqa tarafdan, 1635 yilda inglizlar va gollandiyaliklar o‘rtasida tinchlik sulhi tuzilgan, 1642 yildagi ingliz-portugal shartnomasi esa, avvalgi dushmanlar o‘rtasida ma’lum kelishuvga asos yaratdi.

Mazkur ingliz-portugal do‘stligining bevosita oqibati ilohiy Foma Portugal fortining yaqinida Madrasda ingliz qishlog‘iga asos solinishi bo‘ldi. Yer roja Chandra Giridan ijaraga olindi. Yangi yashash joyi Sent Jorj forti deb nomlandi. Bu fort Koromandel sohillarida Ost-hind kompaniyasining rezidensiyasiga aylandi. Maxanadi daryosining oqimida Xari Xarpurda faktoriyalar ta’sis eildi, bundan tashqari inglizlar Bengaliya shoyisi, shakar va silitrani sotib oladigan Xugli, patna va Qosim bozorida ham faktoriya (ajnabiy savdogarlarning mustamlaka mamlakatlardagi savdo-sotiq olib boradigan manzili, kontorasi)larga asos solindi.

1630-1631 yillarda Gujarot, Axmadnagor, Bijapur va Golkorda qahatchilik va ochlik bo‘ldi, natijada minglab insonlar ochlikdan vafot etdi, o‘z joniga su’iqasd qildi, hattoki odamxo‘rlik holatlari uchradi. Odami qolmagan Gujarotda sotib olinadigan matolar qolmadi, to‘qimachilar yoki vafot etdi yoki qochib ketdi, shuning uchun matolar savdosi Gujarotdan Madrasga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Hindistondagi raqobat tufayli Suratdan keltiriladigan indigo Yevropa bozorlaridan smiqib chiqarildi, natijada yevropaliklarning savdo faoliyati Hindistonning g‘arbidan Sharq tomonga ko‘chdi.

Ost-Hind kompaniyasida o‘z qiyinchiliklari bor edi, 1637 yilda Angliyada Kurten assotsiatsiyasi deb nomlangan tashkilotga asos solindi. U Karl I qiroli tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va ost-hind kompaniyasi bilan raqobat qila boshladi. Bu kompaniya Rojapur, Bxatkala va Karvarda faktoriyalarga asos soldi, ammo asta-sekin barbod bo‘lib eski kompaniyaga raqib bo‘la olmadi. Ost-hind kompaniyasining xartiyasi 1639 yilda qayta tiklandi, bunda uning imtiyozlarini amalda bo‘lishining ma’lum muddati belgilanmagan edi, faqatgina ularni bekor qilish holati bo‘lganida bu haqda 3 yil avval ogohlantirish lozimligi ko‘rsatilgan edi. Ammo Kurten assotsiatsiyasi faoliyati tufayli buzilgan monopoliya osongina tiklanishi mumkin emas edi. “Assada kompaniyasi”, ya’ni raqib birlashma Assada, Madagaskar va Hind sohilining ba’zi bir joylarida mustamlakalarga asos solish taklifi bilan chiqdi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz bzldi. 1657 yilda Kromvel mavjud bo‘lgan Ost-Hind kompaniyasiga savdo monopoliyasi huquqini beruvchi yangi xartiyani taqdim etdi. Restavratsiya davrida bu xartiya o‘z kuchini yo‘qotdi, ammo qirol Karl II kompaniyaga yangi xartiya taqdim etdi. 1695 yilda “Shotlandiya kompaniyasi”ni tashkil etish harakati bo‘ldi, ammo bu hech qanday natijaga olib kelmadi. Ost-Hind kompaniyasiga 1698 yilda haqiqiy xavf paydo bo‘ldi, bunda “Hindiston bilan savdo qilish uchun ingliz kompaniyasi” tashkil etildi, bu kompaniya hind savdosiga monopol huquqga ega bo‘ldi, bunda xartiyada nazarda tutilganidek, ogohlantirishdan so‘ng Ost-Hind kompaniyasiga 3 yil mobaynida o‘z faoliyatini davom etishga ruxsat berildi. Turli qiyinchiiliklar vujudga keldi, eski va yangi kompaniya bir-biriga to‘sqinlik qilar edi, shuning uchun ular 1702 yilda bitta kompaniyaga birlashdilar va uning nomi “Hindiston bilan savdo qiluvchi Angliya savdogarlarining birlashgan kompaniyasi” deb nomlandi. Aksiyalar teng taqsimlandi va bu birlashish 1708 yilda Godolfin qarori bilan rasmiylashtirildi.

Bu qiyinchiliklarga qaramasdan, sharqdagi savdo rivojlanar edi, biroq, kompaniyaning barcha qatlamdagi xizmatchilari, ya’ni klerk, faktor, kichik va katta savdo agentlari juda ham oz maosh olar edilar, biroq xususiy savdoni olib borish huquqiga ega edilar. ular kompaniya savdosiga jiddiy tarzda xalaqit berdilar, bunday holatni bartaraf etish mumkin emas edi, chunki kompaniya xizmatchilari zaruriyat tug‘ilganida o‘z ishlarini soxta shaxslar – hind savdogarlari orqali olib borishlari mumkin edi. Shuning uchun kompaniya alohida portlar o‘rtasidagi savdodan voz kechib, bevosita Angdliya va Hindiston o‘rtasidagi savdo bilan cheklandilar. Shimoliy Hindistondagi faktoriyalar yopildi, kompaniyaning faoliyati Surat, Madras va Xuglida olib bordilar.

1661 yilda Bombey ingliz qiroli Karl II ning xotini bo‘lgan Portugaliya fantasi Yekaterina Braganskayaning sep-sarposi sifatida olingan. Qirol Bombeyni Ost-Hind kompaniyasi qo‘liga berdi. Suratning prezidenti va Bombeyning gubernatori bo‘lgan (1669-1677) Jerald Onger u yerda yashash joyiga asos soldi. 1687 yilda Bombey Suratning o‘rniga G‘arbiy Hindistondagi inglizlarning shtab-kvartirasiga aylandi. 1680 yilda Angliyada Ost-Hind kompaniyasining direktorlar kengashini boshqargan Joshua Chayld gollandiyaliklarga o‘xshab kuch siyosatini amalga oshira boshladi, bunda u mahalliy hukumatni doimiy ravishda xyri-xohligiga intilib, shu tarzda savdo imtiyozlarini saqlab qolish siyosatidan voz kechdi.

Biroq uning “fuqaro va harbiy ma’muriyatni tashkil qilish hamda kelajakda Hindistonda Angliyaning keng va mustahkam hududlariga asos solish uchun zarur bo‘lgan bu ikkala muassasani moliyaviy ta’minlovi uchun soliq kirimlarini olishni ta’minlashga qaratilgan” sa’y-harakatlari barbod bo‘ldi. Chittagonni egallab olishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz harakat amalga oshirildi. G‘arbiy sohil atrofida Kabotash suzish kompaniyaning nazoratida edi, bu harakatlarga javoban Boburiylar qo‘shini Bombeyni qurshovga oldilar, natijada inglizlar Xuglidan qochishga majbur bo‘ldilar. Boburiy hukumati bilan tinchlik sulhi 1690 yilda imzolandi, bu kamsituvchi shartnomaning shartlaridan biri yuk ortilgan bir nechta mo‘g‘ul kemalarini egallab olgan Bombey gubernatori bo‘lgan Jon Chayldni lavozimidan ozod etish edi. Jon Chayld muzokaralar yakun topishidan oldin vafot etdi.

Bengaliyadagi mag‘lubiyatdan so‘ng inglizlar Madrasga chekindilar. Boburiy subador Job Charnoq va ularning rahbariga Bengaliyaga qaytishni taklif qildi. 1690 yilda u qaytib ketdi va iqtisodiy jihatdan imkoniyati kamroq bo‘lgan joyda Kalkuttaga asos soldi, dastlabki imtiyozlar podshoh farmoni bilan tiklandi.

Barcha 3 provinsiyalarda keng savdo imtiyozlarga erishish maqsadida Jon Surman boshchiligida Dehliga elchilar yuborildi. 1717 yildagi uzoq muddatli muzokaralardan so‘ng podshohning 3 ta farmoni olindi, ular kompaniya savdosining huquqiy asosini tashkil qildi. Kompaniyani yiliga 3 ming rupiya to‘lash sharti bilan Bengaliyada bojsiz savdo olib borish huquqi tan olindi. Bundan tashqari kompaniya Madras uchun to‘lagan ijara haqqi hisobiga Boburiy Dekanda bojsiz savdo amalga oshirish huquqiga ham ega bo‘ldi. Kompaniya Suratdagi savdosidan to‘lanadigan boj o‘rniga 10 ming rupiya to‘lashi shart edi, ammo Boburiylar imperiyasi barbod bo‘layotgan edi va tez orada birlashgan kompaniya yangi muammolarga yuz tutdi va yangi siyosatni ishlab chiqishga majbur bo‘ldi.

Aynan Fransiyaning Ost-Hind kompaniyasi Hindistonda kolonial imperiyani yaratishga harakat qildi. Pondisherining imperatori J.F.Depleks 1740 yildan boshlab, fransuz ofiserlarini qo‘mondon qilib hindlardan harbiy qo‘shinlarni shakllantira boshladi. Shu tarzda ilk sipohiylar guruhlari paydo bo‘ldi, ular shu darajada yaxshi jang qilar edilarki, 1746 yildan boshlab inglizlar ham sipohiylar guruhini shakllantirishni boshladilar.

1744 yilda Avstriya merosi uchun Angliya va Fransiya o‘rtasida urush rasmiy e’lon qilindi. Pondisheriga Laburdone boshchiligi ostida fransuz eskadrasi yaqinlashganida Hindistonda ham bu urush boshlandi, shu tarzda Fransiya va Angliya o‘rtasida Hindiston uchun kurash boshlandi.

1756 yilda Yevropada 7 yillik urush boshlandi. Hindistondagi fransuz va ingliz yashash qishloqlari harbiy harakatlarga yana kirishdi. Bu urush Parij tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan yakun topdi.

Parij-tinchlik shartnomasiga ko‘ra Fransiyaga tegishli bo‘lgan 5 ta shahar qaytarib berildi, u Hindiston bilan o‘z savdosini yana tiklay boshladi. Ammo Hindistonning Janubidagi keng hududlar yo‘qotilgan edi, tarqoq fransuz guruhlari Hind hokimlarining qo‘l ostiga xizmatga kirib, 18 asrning oxirigacha inglizlarga qarshi kurashni davom etdilar. Biroq alohida harbiy g‘alabalarga qaramasdan, bu guruhlar Hindistondagi ingliz hukumronligiga putur yetkaza olmadilar.

Fransiya ustidan Angliyaning g‘alabasida bu mamlakatning iqtisodiy ustuvorligi qo‘l keldi. Hindistondagi Fransuz kompaniyalarining aksariyat vakillarining faolligi va iste’dodiga qaramasdan, Fransiya mag‘lubiyatga uchradi, chunki Fransiya qo‘l ostida bunday flot, bunday armiya, bunday pul mablag‘lari hamda mustamlakalarda hokimiyatning bu darajadagi manfaati bo‘lmagan.

Hindistonni zabt etishi bilan mamlakatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy holati ham o‘zgardi. Bu yerda yashab qolib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan avvalgi bosqinchilardan farqli ravishda kapitalistik rivojlanish yo‘lini tanlagan Angliya Hindistonni metro poliyaga olib ketiladigan boyliklarni olish manbasi sifatida ko‘rgan.

Hindistonni Britaniya tomonidan ekspluatatsiya qilishning uslublari qay tarzda o‘zgarmasada, Hindiston mustamlaka hokimiyat uchun doimo metropoliyaning bir qismi bo‘lib qolgan.

Zabt etilish davrida Hindistondan boyliklarni olib chiqish doimiy “iqtisodiy tortib olish”ga aylandi, bu tadbir Hindistonni qashshoq mamlakatga aylantirdi. 1770 yilda Bengaliyada bo‘lgan inglizlar davridagi ochlik 10 mln aholini qirib tashladi va shu paytdan boshlab, bu vabo, o‘lat va boshqa kasalliklar bilan kuzatiladigan ochlik muntazam tarzda takrorlanadigan hodisaga aylandi.

Mustamlaka Hindiston o‘z iqtisodiy holatini tubdan yaxshilay olmas edi, mamlakatning keyingi siyosiy tarixi mustamlaka tobelikdan ozod bo‘lish uchun kurashning tarixidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuzuvchilar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

t.f.d., prof. G'iyosov Temur G'iyosovich, s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich,

t.f.n. Abdullayev Ulug'bek

Artikbayevich, Qodirov Zikrilloxon

Musaxonovich

Mas'ul muharrir:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obidov Baxtiyor Tojievich - Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalari markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi

Taqrizchilar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shodmonova Sanobar Bazarbaevna - O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori

Azimov Komil Sarvarovich - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti katta oʻqituvchisi,

tarix fanlari nomzodi

ToshDSHI Kengashi tomonidan nashrga (2015 yil 24 dekabrdagi 5-sonli bayonnoma).

tavsiya etilgan

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

  1. Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm .

[1]

  1. 1. Бойназаров Ф. Кадимги дунё тарихи. 2. Лафасов М. Жахон тарихи (1918-2008). 3. FopypoB A. Хиндистон. ФарДy. 2009..