Hindistoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindistoniy, hindaviy -oʻrta asrlarda Dehli, Agra, Marathi hududlarida mavjud boʻlgan khari boʻli ("sof", toza sheva") lahjalari asosida shakllangan xalq-soʻzlashuv tili. Butun Shim. va qisman Markaziy va Jan. Hindistonda millatlararo aloqa tili sifatida rivojlangan. H.da soʻzlashuvchilar 250 mln. kishiga yaqin (oʻtgan asrning oxiri). Jan. Hindistonda bu til "dakhiniy" yoki "jan. H." deb ataladi. H., oʻzi adabiy til sifatida shakllanmagan boʻlsa-da, 2 yozma adabiy tilga — urdu va hindiy (adabiy hind)ga asos boʻlgan.

H.ning fonetik va grammatik qurilishi urdu va hindiy tillariniki bilan oʻxshash; lugʻat tarkibi urdudan eroniy va arabiy oʻzlashmalarning kamligi, hindiydan esa sanskritcha oʻzlashmalarning yoʻqligi bilan farqlanib, asl hindiycha soʻzlar (yoki "tadb-hava"), shuningdek, ilk eroniy oʻzlashmalardan tashkil topgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Zograf G.A., Xindustani na rubeje XUP1-X1X vv., M., 1961; Shamatov A.N., Klassicheskiy dakxini (Yujnny xin-dustani XVIII v.), M., 1974.