Hindistonga islom madaniyatining kirib kelishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindistonda Dehli saltanati tarkib topishi bilan bu o‘lkaga islom dini, madaniyati va ma’rifati kirib keldi. Hindu aholisining ayrim qatlamlari – bir qismi majburan, bosh qalari ma’lum bir imtiyozlar evaziga islom dinini qabul qilishdi. Ayrimlari esa jizya solig‘idan ozod bo‘lish umidida, past kastalarga mansub bo‘lganlar esa o‘zining ayanchli ahvolida xalos bo‘lish ilinjida bu dinga e’tiqod qila boshladilar. Musulmon istilochilari bilan birga Hindistonga ularning qavm-qarindoshlari, tanish-bilishlari ko‘chib keldilar, hind sultonlari saroyida musulmon olimu ulamolai, fozilu fuzalolari va shoirlari manzilgoh qurdilar. Natijada hind diyorida musulmon aholisi paydo bo‘ldi, ayrim viloyatlarda, chunonchi, Bengaliyada musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qilgan. SHunday qilib, Hindistonda asosan ikkita din – islom va hinduizmga mansub xalq istiqomat qila boshladi.

Dehli saltanatining so‘nggi davrida Hindistonning aksariyat hududida musulmonlar hukmron sinfni tashkil etdilar. Dehli qo‘shinlarining ko‘plab harbiy boshliqlari va askarlari, noiblar, shaharlardagi amaldorlar musulmonlarni tashkil etgan.

Islom madaniyatining ilm-fanga ta'siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom madaniyati kirib kelgan Hindistonda qadimiy ilmiy kitoblarni tarjima qilish avj oldi. Bag‘doddagi “Dorul hikma”da Siddxantaning falakiyot ilmiga bag‘ishlangan “Sind hind” asari, Brahmaguptaning matematika sohasidagi kitoblari va Bxaskaraning “Litvari” va “Bij Gamita” asarlari hamda Charaka va Sushruta tarjimalari amalga oshirildi. Tarixchi-hindshunos B. Obidov ta’kidlaganidek, “Boshqa islom markazlarida tushkunlik yuz berayotgan bir paytda Hindiston butun dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga tortdi va taraqqiyot markaziga aylandi”.

Hindistonda ilm-fanning qanday rivojlanganligini sanskrit, arab, fors tillarida yozilgan o‘n mingdan ziyod qo‘lyozma lardan ham bilsa bo‘ladi. Bu noyob qo‘lyozmalar fanning turli sohalariga oid bo‘lib, ularning ichida bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilingan asarlar ham ko‘p uchraydi.

Boshqa tomondan olganda, islom madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi munosabatlarga yangi shakl va mazmun olib kirdi, ya’ni ularning sintezini yaratdi. Bu hodisa Hindistonda yashovchi xalq larning turmush tarziga, an’analariga va so‘zlashuviga ta’ sir qildi. Islom ruhi insonparvarlik prinsipilarini va rahm-shafqatni, islom axloq-odobini hayotga tatbiq qildi. Musulmonlar adolat, kechirimlilik, sodiqlik, sabr-toqat kabi tamoyil va g‘oyalarni saqlab keldilar.

O‘rta asrlarda musulmonlar orasidagi asosan o‘sha davrdagi Hindistonda mavjud bo‘lgan falsafa, madaniyatga oid ilmiy an’analarni o‘rganib tushunib olishga intildilar. O‘z navbatida islom madaniyati ta’sirida bo‘lgan joylardagi falsafa, madaniyat shakllari, ilm-fan va texnologiyani shu yerga olib kirishga harakat qildilar. XIV asrda Hindiston islomni o‘rganishning asosiy markazlaridan biriga aylandi.

Islom dini Hindistonga kirib kelishining musulmonlarga ta’siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomning Hindistonga kirib kelishi, o‘z navbatida, musulmonlarga ham ta’sir etdi. Hindu g‘oyalari, urf-odatlarini musulmonlar hayotga tatbiq qila boshladilar. Hind musulmonlari mahalliy xalqning kasta tuzumini, yoga amaliyotini qabul qildilar, hindularning bayramlarida ishtirok eta boshladilar. Ikkinchi tomondan, musulmon larning birodarlik g‘oyalari, islom falsafasi ham hindularga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Hinduizm bilan islomni o‘zaro yaqinlashuvida ayniqsa bxakti ta’limoti katta rol o‘ynadi.

Bxakti hinduizm dinining alohida bir yo‘nalishi bo‘lib, Hindistondagi turli xil madaniyatni yaqinlashtirish, birlashtirish vazifasini o‘tadi. U o‘rta asr hind madaniyatining yorqin ifodasi hisoblanadi. Bxakti harakati mamlakatning janubida paydo bo‘ldi. Uning mohiyati islohotchi faylasuf Shankara Chariyaning ijodida o‘z aksini topdi. Uning maqsadi bir tomondan tanazzulga yuz tutayotgan buddizmning o‘rniga hinduizmni tiklash edi. U hinduizmni ko‘pchilik xalq ommasi tushunadigan sodda tilda ifodalashga intildi. Bxakti harakati taxminan 1137 yilda vafot etgan vishnuizm ta’limotining mashhur namoyandasi Ramanujaning izdoshi Ramananda nomi bilan bog‘liq.

Ramananda XIV asr oxirgi choragi va XV asrning I yarmida yashab “janubdagi va shimoldagi bxakti harakati o‘rtasida ko‘prik” rolini o‘ynadi. O‘sha davr diniy muammolarni hal etishda murakkab kastachilik qonun-qoidalarini yengillashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu jarayon, shubhasiz, mamlakatga kirib kelgan islom dinining ta’siri ostida ro‘y berdi. Bxakti ta’limotida xalqni, asosan savdogar-hunarmandlarning hukmron sinfga qarshi kayfiyati o‘z ifodasini topdi. Unga ko‘ra, odamlarning barchasi Xudo oldida tengdir. Tabiiyki, bxakti harakatida ko‘proq hindular ishtirok qildilar, ammo bu yo‘nalishni ayrim ko‘zga ko‘ringan namoyandalari musulmonlardan chiqqan edi. Eng muhimi, bxakti targ‘ibotchilari o‘z va’zlarida ham hindular, ham musulmonlarga bab-baravar murojaat qildilar.

Bxakti harakatiga musulmon hunarmand-to‘quvchisi, shoir Kabir (1380–1414) katta ta’sir ko‘rsatdi. U “Xudo har bir odamning dilida bo‘lib, g‘ayri dinlar (ya’ni hindular – T.G‘.) bilan munosabatda g‘animlikda emas, balki yakdillikda bo‘lishi lozim” deb ta’kidladi. XV asrda Maxarashtraning Pandxapur shahri bxakti haratining markaziga aylandi. Bu yerda kelib chi qishi hindu bo‘lgan to‘quvchi Namdev kasta tuzumini qoraladi.

XVI asr boshidrat, Panjob, Sind viloyatlarida keng tarqalgan satpanatx (to‘g‘ri yo‘l) mazhabi paydo bo‘ldi. Uning tarafdorlari boylikni ayblab, mehnatsevarlik va poklikka da’vat qildilar. Ular ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar xohlagan odamni o‘z qatorlariga qabul qilardilar. Bu harakatning asoschisi hindu Nanak (1469–1539) loho‘rlik don sotuvchi bo‘lgan. Nanak kasta tengsizligiga qat’iyan qarshi chiqdi va o‘z safdoshlaridan ovqatni birgalikdi tanovul qilishni talab etdi. Asketizm va tarki dunyochilik g‘oyalarini rad etdi, odamlarni farovonligini o‘ylab, faol hayotga da’vat qildi. Shogirdlari va ixlosmandlari nanakni “guru”, ya’ni “ustoz” deb e’zozladilar. Nihoyat, Bengaliyada bxakti targ‘ibotchisi CHaytanya (1486–1539) o‘z safiga barcha kastaga mansub kishilarni, shu jumladan, musulmonlarni ham tortdi.

Hindistonda eng taniqla Gujoi musulmon jamoasidan biri cheshtiya oqimiga mansub bo‘lib, unga ko‘zga ko‘ringan din arboblari Nizomiddin Avliyo, Nasriddin Chirog‘ hamda Shayx Salim Cheshtiy rahnomalik qildilar.

Mamlakatdagi ezilgan hindu aholisi uchun islom yuqori kastalarning jabr-zulmidan xalos etuvchi va umid bag‘ishlovchi kuch bo‘lib xizmat qildi.

Islom barchani birodarlik va o‘zaro tenglikka da’vat etgani tufayli Hindistonda katta muvaffaqiyat qozondi.

Hindistondagi turli tillarning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistondagi turli tillarning rivojlanishi va taraqqiy etishiga mahalliy hukmdorlar tomonidan katta e’tibor berilgani tarixiy ahamiyatga molik hodisadir. XV asrning ikkinchi yarmida Bengaliya da ijod etgan shoir va yozuvchi Yesarajning “Krishna manla” asari yoki XVII asrda ijod qilgan A’lounning adabiy faoliyati fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Musulmon yozuvchilari o‘zlariga hinducha nomlar qo‘ya boshladilar. Ular o‘z asarlarida hindular hayotiga doir voqealarni yoritdilar. SHu bilan birga bu yozuvchilar bengal adabiyotini islom g‘oyalari va afsonalari bilan boyitdilar. Panjobda mahalliy tilni rivojlantirishdi Voris SHoh va Hoshim Shoh kabi adiblarning asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xuddi shu tarzda Sind viloyatida So‘fi Bulha SHoh va boshqalarning ijodlari katta ahekamiyat kasb etdi. Shoh Abdul Latifning “Shohdu Risola” asari o‘rta asr Bengaliya madaniy hayotida katta voqea edi. Kashmiriy tilini va adabiyotini rivojlantirishda esa Habba Xotunning o‘rni ayniqsa salmoqli bo‘lgan.

O‘rta asrlarda vujudga kelgan adabiyotda sankrit va fors tilida yozilgan falsafiy, ilmiy va diniy manbalarning tarjimalari yaratildi.

O‘sha davrdagi davlat tili bo‘lmish forsiy bilan birga mamlakatda gujorati, maratxi, panjobi tilida ham she’riy asarlar yaratildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm