Hazrat Abdulazim Hasaniy muhtasham saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hazrat Abdulazim Hasaniy muhtasham saroyi — Hazrat Imom Hasan Mujtaboning nabiralaridan boʻlib, uning qabri Ray shahridadir. Ushbu majmuani kuniga yuzlab kishilar ziyorat qiladilar. Majmua barpo etilgan yillari xalq orasida „Masjed-e Shajare“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Birinchi haram va gumbaz Saljuqiylar davrida qurilgan. Safaviylar davrida majmuaga ravoq va ayvon qoʻshilgan. Qojar hukmdorlari majmuani oltin va kumush bilan bezatilishida oʻz hissalarini qoʻshdilar. Hazrat Abdulazim qabri ustidagi katta bezatilgan qimmatbaho sandiq (qabr atrofidagi bejirim bezaklar bilan bezatilgan toʻsiq) hijriy-qamariy VIII asrga mansubdir. Yodgorlik majmuasida Hazrat Abdulazim qabridan tashqari shia mazhabining buyuk olimlari va faqihlaridan Imomzoda Hamza hamda Imomzoda Tohirlarning qabri ham joylashgan [1].

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 72 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.