Hasan ibn Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasan Ibn Ali (625-669) - Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) oʻgʻli, Muhammad (sav)ning nabirasi, 2-shia imomi. 661 y.da Ali oʻldirilgandan keyin uning tarafdorlari H.ni Iroqsa xalifa deb eʼlon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga daʼ-vat etgan. Lekin, H. Muoviya I bilan muzokaralar olib borib, u bilan kelishgan, oʻziga inʼom etilgan katta mab-lagʻ hisobiga hokimiyatga daʼvo qilishdan voz kechib, Madinaga koʻchib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik rivoyatlari boʻyicha zaharlab oʻldirilgan).