Hasan Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasan Sharipov
Tavalludi 13-aprel 1947-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 13-noyabr 2022-yil(2022-11-13)
(75 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Qarshi davlat universiteti
Taʼlimi Moskva Nozik kimyo-texnologiyasi
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Hasan Turabovich Sharipov (1947-yil 13-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil 13-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor. Yevropa Aniq Fanlar akademiyasi akademigi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasan Sharipov 1947-yil 13-aprel Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan[1][2][3]. 1965—1971-yillarda Moskva shahridagi M. V. Lomonosov nomidagi Nozik kimyo-texnologiyasi (MITXT) institutida oʻqigan[2]. 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutiga II toifali konstruktor, keyinchalik ilmiy xodim, 1976-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutining „Fizika-kimyoviy analiz“ laboratoriyasiga zamonaviy tadqiqot usullarini rivojlantirish boʻyicha katta ilmiy xodim, 1982-yilda fizika-kimyoviy analiz laboratoriyasi mudiri, 1994-yilda „Maxsus qotishmalar“ („Spesplav“) respublika birlashmasi rahbari oʻrinbosari, keyinchalik birlashma rahbari, 1999—2000-yilarda „Uzalmazzoloto“ uyushmasining „Uzniprosvetmet“ instituti rahbari, 2000—2004-yillarda „Rangli, nodir va qimmatbaho metallar“ ilmiy loyiha institutlari va ishlab chiqarish korxonalarini birlashtirgan „Maxsus qotishmalar“ („Spesplav“) respublika birlashmasi rahbari, 2004—2006-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori, 2006—2011-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida „Nodir va qimmatbaho metallarning analitik kimyosi va texnologiyasi“ kafedrasi mudiri hamda „Maxsus qotishmalar“ („Spesplav“) respublika birlashmasi rahbari, 2011—2015-yillarda „Nodir va qimmatbaho metallarining analitik kimyosi va texnologiyasi“ kafedrasi professori, 2015—2020-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasiga rais oʻrinbosari, 2020—2022-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Umumiy va noorganik kimyo“ instituti direktori lavozimida ishlagan[1]. 2022-yil 13-noyabrda vafot etgan[2][3][4].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971—1974-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi „Nozik kimyo-texnologiyasi“ instituti aspiranturasida oʻqigan. 1974-yilda „Спектроскопические свойства монокристаллов CeF3, активированных ионами TR3+“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi[4]. 1990-yilda kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Hasan Sharipovning ilmiy yoʻnalishi nodir, tarqoq elementlar, Pt gruppasi elementlarining noorganik va koordinatsion birikmalari spektroximiyasi va kristalloximiyasi, struktura va kimyoviy xossalarini berilgan maqsadga javob beradigan yoʻnalishda oʻzaro bogʻlanishini axborotlash, sintez qilish, gidro va pirometallurgiya jarayonlarida nodir va qimmatbaho metallarini ekstraksiya va ionalmashish metodlari bilan ajratib, tozalash fizik-kimyosiga qaratilgan. Respublikada birinchi marotaba sulvid rudasini chidamlilik sababi aniqlagan, ulardan biri oltinnig nozikdispers nanozarrachasidir. Bunday rudalarni qayta ishlash uchun alternativ avtoklav texnologiyasi taklif qilgan. Hasan Sharipov boshchiligida „Kamyob metallar va qattiq qotishma“ IIB (KM va QQIIB) da molibden ishlab chiqarishda hosil boʻladigan texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi yaratiladi va natijada toza holatda Mo, Re ajratib olinib, ulardan tovar mahsuloti molibden ammoniy va AR-O markali perranat olingan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ va „Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishonlari, „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „В 75 лет скончался академик Хасан Шарипов“ (2022-yil 17-noyabr).
  3. 3,0 3,1 „Akademik Hasan Sharipov 75 yoshida vafot etdi“ (2022-yil 14-noyabr).
  4. 4,0 4,1 4,2 „Шарипов Хасан Турабович“.