Harry Potter
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mundarija |
[tahrir] Umumiy ma'lumotlar
- Ismi: Garri Jeyms Potter (o'rta ismini otasi, Jeyms Potterning sharafiga olgan)
- Tug'ilgan sanasi: 31 iyul 1980
- Ota-onasi: Jeyms Potter va Lili Evans Potter
- Tuzilishi: ozg'in
- Alohida belgilari: peshonasida yashin ko'rinishidagi chandiq
- G'ayritabiiy qirralari: sehrgar, ilontil
- Xogvartsda o'qish: 1991—1997
- Fakultet: Griffindor
- Sevimli fani: Zulmat San'atlaridan himoya
- Kviddich: snitchni iluvchi (1991—1995; 1996)
- Tayoqcha: padub va feniksning pati, 11 dyuym
- Supurgi: Nimbus-2000 (1991—1993), Yashin (1993dan boshlab)
- Turmush o'rtog'i: Jinni Uizli
- Yaqin do'stlari: Ron Uizli, Germiona Greynjer, Sirius Blek, Xagrid, Nevill Dolgopups, Polumna Lavgud
[tahrir] Tarjimai holi
[tahrir] Ilk yillar (1980—1981)
Garri Jeyms Potter 1980-yil 31-iyul kuni (Joan Rouling bilan bir kunda) tug'ilgan, ota-onasi Jeyms va Lili Potterlar. Jeyms Potterning eng yaqin do'sti Sirius Blek, Garrining cho'qintirgan otasi bo'ladi. Sirius, Jeyms va Lili Feniks Ordeni - Zulmat Lordi Volan-de-Mortga qarshi jon-jahdi bilan kurashuvchi insonlar guruhi tarkibiga kirganlar. Ular son jihatidan ustuvorlik qilmaganlar, ammo ko'p yo'qotishlarga qaramasdan kurashishni davom ettirganlar. Jeyms va Lili Volan-de-Mort qo'li o'limidan uch marta saqlanishga muvaffaq bo'lganlar.
Garri tug'ilishidan oldin bir vahiy aytiladi - iyul ohirida yoki avgustning boshida Zulmat Lordini yengmasa, Zulmat Lordi uni o'ldirishi tayin bo'lgan bola tug'iladi. Vahiyning shartlariga 31-iyulda tug'ilgan Garri va 30-iyulda tug'ilgan Nevill Dolgopups mos keladilar. Lord Volan-de-Mort o'zining tarafdori Severus Sneggdan vahiyning bir qismini eshitib, bolani o'ldirishga qaror qiladi. O'zining o'ljasi sifatida Volan-de-Mort Garrini tanlaydi. Jeyms va Lili Volan-de-Mort Garrini o'ldirmoqchi bo'layotganini bilib, Zulmat Lordidan berkinish uchun 1981-yilning oktyabrida Fidoyilik So'zini ishlatadilar. Baxtga qarshi, ohirgi soniyada Jeyms Potterning eng yaqin do'sti Sirius Blek Sirning Saqlovchisi sifatida o'zining o'rniga Piter Pettigryuni tanlashga Potterlarni undaydi. Keyinchalik, Piter Pettigryu sotqin va Volan-de-Mortning ayg'oqchisi bo'lib chiqadi va ularning saqlanish joyini xursandchilik bilan ochib beradi.
1981-yil 31-oktyabr kechqurun Zulmat Lordi Godrik Jarligida paydo bo'ladi, u yerda magllar ko'rinishida Jeyms va Lili berkinayotgan paytda ularga hujum qiladi. Jeyms oilasini himoya qilishga harakat qiladi, ammo jangda halok bo'ladi. Zulmat Lordi Lilini avf etmoqchi bo'ladi, lekin u uning yo'lini to'sib o'g'lini himoya qiladi. Shunda u Garriga yetmoq uchun Lilini o'ldiradi. Lilining bu shahidligi Garri uchun hayotbaxsh masalaga o'girilib, chaqaloqni himoyalovchi qadimgi sehrga aylanadi. Volan-de-Mort Avada Kedavra sehrli so'zini Garriga qarshi qo'llaganida, Lilining shahidlik himoyasi So'zni qaytaradi va unga teskari hususiyat beradi. Qaytarilgan So'z Volan-de-Mortni deyarli o'ldiradi (tanasidan ruhini ajratadi), lekin Garrining peshonasida yashin shaklidagi iz qoldiradi. Shunday qilib, Garri bir necha yilga Volan-de-Mortni to'xtatadi.
Potterlar va Volan-de-Mort o'rtasidagi jang uyni xarobalarga aylantiradi. Yahshi sehrgar Albus Dambldor, Sehrgarlik va Jodugarlik Maktabi "Xogvarts"ning direktori Godrik Jarligiga yarimvelikan Xagridni yuboradi. U Garrini magllar nima sodir bo'lganini tekshirishlaridan oldin qutqaradi. Potterlarning uyi oldida Xagrid tasodifan Sirius Blekni uchratadi. Sirius Garrini cho'qintirgan otasi sifatida unga berishlarini so'raydi. Xagrid rozi bo'lmaydi, chunki u Dambldorning buyrug'ini bajarayotgandi. Sirius Xagridga Garrini havfsiz joyga eltishi uchun o'zining uchar mototsiklini berib turadi.
Xagrid va Garri keyingi 24 soat ichida hamon yo'lda edilar. Dambldor aniqki, Tis ko'chasining havfsizligini ta'minlayotgan edi. Ertasi kechqurun Minerva MakGonagall Dambldorni Tis ko'chasida uchratadi, oz o'tmay uchar mototsiklda Xagrid Garri bilan paydo bo'ladi. Uchovlari Garrini 4-uy ostonasida, Garrining ohirgi qarindoshlari - Vernon va Petunya Durslilarning uyi oldida qoldiradilar.
[tahrir] Yomon taasurotlar o'n yilligi (1981—1991)
Keyingi o'n yil Garrining hayoti haqoratlar va yo'qliklarga to'la bo'ladi. Uning holasi, Lilining singlisi Petunya, va amakisi Vernon o'zining o'g'illari Dadlini, jonidan ortiq ko'rib, ko'ngli istaganini bajo keltiradilar. Garrini esa yerto'lada ushlab, ovqat qoldiqlarini beradilar, Dadlining eski kiyimlarini kiydiradilar, unga baqiradilar, haqoratlaydilar va uradilar. Dadli ota-onasining qo'llovi va o'zining fizik kuchidan (Dadli 6 o'lchovga katta va semiz bo'lgan paytda, Garri - ozg'ingina ko'zoynakli bola bo'ladi) foydalangan holda Garri ustidan ayovsiz kuladi.
Shu yillar ichida uch marta Durslilarni Vernon amakining singlisi, Marj, keladi. U Garriga nasihat qilishdan ulkan qoniqish olar edi. U Dadliga qimmatbaho sovg'alarni hadya qilib, Garrini umuman esdan chiqarardi. Ko'pincha u o'zi bilan sevimli buldogi Zlydenni olardi. Garri 9 yoshda bo'lganida, u kuchukka bolani daraxtga haydashga izn bergan. Garri u yerda yarim tungacha, Marj kuchugini chaqirib olguniga qadar qolishga majbur bo'ladi.
Bundan tashqari, holasi va amakisi undagi sehrgarlik hususiyatini yo'qotishga qaror qiladilar. Ular hech qachon unga haqiqiy kelib chiqishini aytmaganlar. Unga ota-onasi avtohalokatda nobud bo'lganlar, deb aytishadi, huddi shundan peshonasidagi shram ham paydo bo'lgan, deyishadi. Durslilarning uyidagi birinchi qonun - "savollarni berma", edi. Ularning maqsadi Garrini qullikda ushlab, ularning fikricha normal bo'lmagan sehrgarlik hususiyatini yo'qotish edi. Ular Garrini Dadlining maktabiga yuborishadi. U yerda Dadli Garrining ustidan kulishni davom ettiradi. Dadlining o'rtoqlari kulishlarga qo'shilishadi, boshqa o'quvchilar esa Dadli va uning o'rtoqlaridan qo'rqib, Garri bilan muloqot qilishdan qochishadi.
Durslilarning harakatlariga qaramay, Garri sehrgarlik hususiyatlarini namoyon qila oladi. Bir kuni Petunyani Garrining to'zg'igan sochlari sabrini tugatadi, va u ularni oshxona qaychisi bilan kesib tashlaydi, ertasi kuni esa Garri yana o'sgan sochlari bilan uyg'onadi. Boshqa safar Dadli o'rtoqlari bilan Garrini quvlayotgan paytda, Garri to'satdan maktab tomida paydo bo'lib qoladi. Garri o'qituvchisining parikini ko'k sochga bo'yaydi va Dadlining badbashara sviterini kiymaslik uchun kichraytiradi.
O'n yoshiga kelib Garri ozg'in, uzunchoq yuzli, hamisha to'zg'igan qora sochli hech kimga keragi bo'lmagan bola bo'ladi. Uning ko'zlari, onasi ko'zlari kabi, qahrabodek yashil bo'ladi. U Dadli bilan doimiy kelishmovchiliklarda singan yelimlangan ko'zoynakni taqib yuradi. Garri juda tezkor bo'ladi, bu hususiyatning rivojlanishiga uning kuzenidan doimiy qochishlari yordam bergan.
Uning hayoti 1991-yil yozida keskin o'zgardi. Garri Potterga uning holasi va amakisini qo'rqituvchi xatlar kela boshladi. Ular xatlarni Garriga o'qishga bermasdan yo'q qilishar edi, ammo xatlar juda ko'p miqdorda kelishni davom etardilar. Xatlardan qochish harakatida ular dengiz bilan o'ralgan qal'adagi hujrada berkinishadi. Kechasi, kuchli shtorm paytida Garri o'zining uhlayotgan kuzenining qo'lidagi soatga qarab, o'n bir yoshga to'lishiga qolgan daqiqa va soniyalarni sanab o'tirardi. Garrining tug'ilgan kuni kelishi bilan hujraga Xagrid bostirib keladi va Garrining o'zini sehrgarligi haqida hech narsa bilmasligini anglab, hayratga tushadi. Xagrid unga o'tmishi haqida hamma narsani aytib beradi va 1991-yil 31-iyul kuni ertalab Garrini Qiyishiq ko'chaga olib boradi, u yerda maktab qurollarini sotib olishadi. Bir oy o'tib, 1-sentyabr kuni Garri Xogvarts-ekspressga o'tiradi va Sehrgarlik va Jodugarlik maktabi "Xogvarts"ga yetib keladi.
[tahrir] Xogvartsdagi hayot
[tahrir] Keyingi hayot
Volan-de-Mort ustidan g'alaba qozonganidan so'ng Garri Vazirlikdagi avrorlarning yangi bo'limini boshqardi.