Harbiy unvonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy unvonlar — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.[1]

Oʻzbekistonda harbiy unvonlar[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 16-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida"gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi unvonlar tabaqalanishi tasdiqlangan.[2]

Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.

Ofitserlar Harbiy unvonida mavjud boʻlgan „kichik leytenant“, shartnoma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan „praporshchik“ unvonlari bekor qilindi.

„Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunda harbiy unvonlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu qonunning 9-moddasiga koʻra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

Qoʻshin unvonlari
Kema tarkibidagi unvonlar

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:

Qoʻshin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar
I. ODDIY ASKARLAR TARKIBI
Oddiy askar Matros
II. SERJANTLAR TARKIBI
Kichik serjant 2-darajadagi starshina
Serjant 1- darajadagi starshina
Katta serjant Bosh starshina
III. OFITSERLAR TARKIBI

KICHIK OFITSERLAR TARKIBI

Leytenant bosh starshina
Katta leytenant Kema bosh starshinasi
Kapitan Michman
- Bosh Michman
KATTA OFITSERLAR TARKIBI
Mayor 3-darajadagi kapitan
Podpolkovnik 2-darajadagi kapitan
Polkovnik 1- darajadagi kapitan
GENERALLAR TARKIBI
General-mayor
General-leytenant
General-polkovnik
Armiya generali

‎Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi ixtisosligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ so‘zlari qo‘shiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha „rezervdagi“, „zaxiradagi“ yoki „isteʼfodagi“ degan so‘zlar qo‘shiladi.

Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.

Manbalar[tahrir]

  1. O’zbekiston Pespublikasining orden va medallari .Harbiy unvonlar va farqlash belgilari.
  2. Harbiy unvonlar haqida qayerdan ma’lumot topsam bo’ladi?