Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi binosining old qismi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi binosining old qismi
Joylashgan yeri
Jizzax shahri, Jizzax viloyati
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Ijod maktabi
Asos solingan sanasi 2017-yil
Mutaxassislar 27 ta
Direktor Xamdamova Dilafruz Baratullayevna
Faculty Ona tili va adabiyot
Sinflar 7-sinfdan 11-sinfgacha
Gender aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Til Oʻzbekcha
Tuition bepul
Website
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining kirish qismi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi - Prezident taʼlim muassasalari agentligi turkumidagi Jizzax viloyati Jizzax shahridagi ijod maktabi[1]. Hozirda oʻziga 139ga yaqin oʻquvchini qamrab olgan ushbu maktab 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan taʼsis etilgan. Maktab Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan[2]. Ushbu muassasa hozirgi kunda 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarni qabul qiladi.

Jihozlar va uskunalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari zamonaviy jihozlarga ega. 2 dona smart doska va 8 ta proyektor mavjud. 53 ta kompyuter sinf oʻquv maqsadlariga moʻljallangan, oʻquvchilar jihozlardan shaxsiy (oʻyin-kulgi, tarmoq uchun) foydalanishlari mumkin.

Ovqatlanish vaqtlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oshxonasida 5 mahal ovqat bepul beriladi. O'z navbatida, nonushta, tushlik, tushdan keyin yengil tamaddi, kechki ovqat va yana uxlashdan oldin yengil tamaddi.

Maktab formasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klassik uslubdagi yagona maktab formasi joriy qilingan:

-Qora rangdagi yoki agentlikning maxsus oyoq kiyim;

-Bo'yinbog';

-Qizlar uchun do'ppi shular jumlasidandir.

Maktab yotoqxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab yotoqxonasi bor. Barcha kerakli shart-sharoitlar mavjud. Maktab oʻquvchilari uchun bepul.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://portal.piima.uz/schools/creative-schools/8}}
  2. „google maps“.