Halloween

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Halloween ramzi Jack O'Lantern

Halloween (talaffuzi: Hellouin) 31-oktabrda sodir boʻladi. Hallowenda odamlar turli xil ust-bosh kiyadi, bolalar eshikma-eshik yurib shirinliklar soʻrashadi (ingl. trick-or-treating) va qovoq kadilar ichini oʻyib Fonarli Jek (ingl. Jack O'Lantern) yasashadi. Bollar koʻpincha arvoh va yalmogʻiz kiyimini kiyib olib uyma-uy yurib „Bizga bir nima ber yoki sehrlab qoʻyamiz!“ (ingl. "Trick-or-treat!") — deyishadi. Bolalarga odatda shirinlik beriladi.

Halloweenning kelib chiqishi bir qancha qadimiy kuz bayramlariga taqaladi. Qadimda dindor boʻlmaganlar boshlagan udumlar bilan belgilangan. Bu odamlar bir emas bir necha xudoga ishonishgan. Oktabrning oxirgi kechasi oʻlganlar ruhi yer yuzini aylanib yuradi deb ishonilgan. Bayram yana All Hallows’ Eve deb nomlanadi. Xristian cherkovida All Hallows’ Eve bayrami All Saints’ Daydan avvalgi kechadir. 1-noyabrda boʻladigan All Saints’ Day kunida barcha muqaddas xristianlar eslanadi. Vaqt oʻtishi bilan Halloween diniy boʻlmagan bayramga aylandi.

Havolalar[tahrir]