Habikino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habikino

羽曳野市
Shahar
Skyline of Habikino
Habikino
Bayroq
34°33′28.5″N 135°36′22.7″E / 34.557917°N 135.606306°E / 34.557917; 135.606306 G OKoordinatalari: 34°33′28.5″N 135°36′22.7″E / 34.557917°N 135.606306°E / 34.557917; 135.606306 G O
Mamlakat Yaponiya
Hudud Kansai
Prefektura Osaka Prefekturasi
Hukumat
 • Mer Tsuguo Kitagawa
Maydon 26.45 km2 (10.21 mi²)
Aholisi
 (2022-yil 31-yanvar)
109,479 kishi
Habikino xaritada
Habikino
Habikino
Habikino shahri idorasi.

Habikino (yaponcha: 羽曳野市?) Yaponiyaning Osaka prefekturasida joylashgan shahardir. 2022-yil 31-yanvar holatiga koʻra, shaharda 50918 ta xonadonda 109.479 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 4100 kishini tashkil qilgan[1].

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habikino Osaka prefekturasining janubiy-sharqiy qismida, Ikoma, Kongo va Katsuragi togʻlari va Nijo togʻi bilan oʻralgan Kavachi tekisligida joylashgan. Shahar Osaka poytaxti markazidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osaka prefekturasi:

  • Sakay
  • Matsubara
  • Fujiidera
  • Kashivara
  • Tondabayashi
  • Taishi

Nara prefekturasi:

  • Kashiba

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habikino nam subtropik iqlimga ega, yoz fasli issiq, qish fasli esa salqin va qor yogʻmaydi. Habikinoda oʻrtacha yillik harorat 14,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1475mm, sentyabr oyi eng nam oy hisoblanadi. Avgustd oyida eng yuqori harorat 26,3 atrofida°C, eng past harorat esa yanvar oyida 2,7°C[2].

Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish tashkiloti maʼlumotlariga koʻra[3] Habikinoda aholining oʻsish sur`ati 1960-yillardan 1990-yillargacha boʻlgan vaqtda faollashgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196036 982—    
197077 134+108.6%
1980103 181+33.8%
1990115 049+11.5%
2000119 264+3.7%
2010117 702−1.3%

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Habikino shahrining hududi qadimgi Kavachi provinsiyasida joylashgan boʻlib, qadimgi Asuka va Xeyjo-kyo poytaxtlarini qirgʻoq bilan bogʻlaydigan Take-no-uchi Kaydo yoʻlida joylashgan. Kofun davrida bu hududda koʻplab kofun mozorlari qurilgan, ularning koʻpchiligi ilk imperatorlarga tegishli. Heian davrida bu hudud Kavachi Genji urugʻi tomonidan nazorat qilingan.

Meiji restavratsiyasidan soʻng, ushbu hudud 1881-yildan Osaka prefekturasining bir qismiga aylangan. Furuichi, Imagatani va Nishiura qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1896-yil 1-aprelda hudud Osakaning Minamikavachi tumani tarkibiga kirdi. Furuichi 1916-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarilgan. 1956-yil 30-sentabrda Furuichi Takavashi shahri va Nanyu, Nishiura, Imagatani va Tanpi qishloqlari bilan birlashib, Minami-Osaka (yaponcha: 南大阪町?) shahrini tashkil qilgan. 1957-yil 1-aprelda Minami-Osaka Mihara qishlogʻini qoʻshib oldi. 1959-yil 15-yanvarda Minami-Osaka shahar maqomiga oʻzgartiriladi va Habikino nomini oladi.

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habikino toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Habikino Osaka Prefekturasi Assambleyasiga bir aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining 14-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habikino – mintaqaviy savdo markazi. Shahar anʼanaviy ravishda uzum va anjir yetishtirish bilan mashhur boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi mahalliy iqtisodiyotning asosiy omili boʻlib qolmoqda.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shitennoji xalqaro buddist universiteti
  • Osaka prefekturasi universiteti Habikino kampusi (sobiq Osaka prefekturasi hamshiralik kolleji)

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habikinoda 13 ta maktabgacha taʼlim (bogʻcha), beshta oʻrta maktabi va Osaka prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta kollej mavjud.

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Furuichi Kofun klasteri, Kofun guruhi[4]. Ular Jahon merosi ob’ektlari sifatida qayd etilgan.
  • Kannonzuka Kofun, Milliy tarixiy joy.
  • Honda Shiratori Haniwa ishlab chiqarish sayti, Milliy tarixiy sayt.
  • Tsūxo-ji xarobalari, Milliy tarixiy sayt.
  • Yachū-ji ibodatxonasi xarobalari, Milliy tarixiy sayt.

Habikinoning taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Makate Asai, yozuvchi.
  • Yu Darvish, beysbolchi.
  • Sayuri Uenishi, siyosatchi.
  • Xiroki Uchi, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, aktyor va model.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]