Gulobod mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulobod mahallasi (Mannon Uygʻur koʻchasi, 101) — Shayxontohur tumanidagi mahalla. „Obinazir“, „Bogʻ koʻcha“, „Sarxumdon“, „Chorsu“ mahallalari bilan chegaradosh. 1993 yil tashkil topgan. Mahalla hududida qadimdan Kaykovus arigʻidan 3 tegirmonga yaqin suv oqqan, suv boʻyidagi aholi bogʻlari, hovlilariga turli atirgul navlari ekib, gulchilikdan roʻzgʻor tebratgan. Koʻpchilik xonadonlarning 20-30 sotixli gulzorlari boʻlgan. Mavze, mahalla va koʻcha shu bois „Gulobod“ deb atalib kelingan. Aholisi 5577 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta maktab (1 tasi sport maktabi), „Versal“ restorani, oziq-ovqat doʻkoni va boshqalar mavjud. Mahallada Zokirovlar sulolasi yashaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.