Gulalvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulalvon (Coreopsis) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi 20—100 sm. Guli sariq, toʻpgul-savatcha, savatcha atrofidagi gultojbarglari (odatda 8 ta) tilchasimon, oʻrtadagilari naychasimon. Barglari qarama-qarshi joylashgan. Oʻzbekistonda ikki turi (S. tinctoria, S. grandifl ora) manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil