Guanaxuato (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guanaxuato — Meksikadagi shahar, Guanaxuato shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. G. 2050 m balandlikda. Transport yoʻllari tuguni. Konchilik sanoatining qad. markazlaridan (oltin, kumush, qalay va b.), 20-asrga kelib ahamiyati pasaydi. Oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Un-t, muzeylar bor. G.ga 1548 yilda asos solingan. 16 — 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqyaangan. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil