Grammofon plastinkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grammofon plastinkasi – tovush (nutq, muzika, ashula) yozib olingan disk. Plastmassa, selluloida, atsetilsellyulozadan yasaladi. Tovush diskning ikki tomoniga mexanik usulda spiral ariqcha tarzida yozib olinadi. Ariqchalarda yozib olingan tovush tebranishlariga mos izlar qoladi. Grammofon plastinkasini grammofonga qoʻyib qayta eshittiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil