Giorgi Papava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Giorgi Papava
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Giorgi Papava
Tavallud sanasi 16-fevral 1993-yil (1993-02-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi, Gruziya
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AGMK
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2011 Dinamo Tbilisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Dinamo Tbilisi 47 (0)
2012Dinamo-2 Tbilisi (loan) 11 (1)
2015 Nea Salamis 13 (0)
2015—2017 Dila Gori 32 (0)
2018—2019 Rustavi 34 (1)
2019—2022 Dinamo Tbilisi 100 (5)
2022 AGMK 13 (1)
2023 Paxtakor 3 (0)
2023 FC Gagra 11 (0)
2024— AGMK 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Georgia U-19 5 (0)
2013—2014 Georgia U-21 11 (0)
2014- Georgia 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-iyul 2022-yil uchun)

Giorgi Papava (1993-yil 16-fevralda tugʻilgan) – gruziyalik futbolchi. U yarim himoyachi va „Paxtakor“ va Gruziya milliy futbol jamoasida oʻynagan[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Papava futbolchilik faoliyatini Tbilisining „Dinamo“ klubida boshlagan. 2011-yilda u asosiy jamoa tarkibiga qabul qilingan. 2012-yilning 19-fevralida u Gruziya birinchi ligasida „Metalurgi Rustavi“ jamoasiga qarshi safar oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi. 2012/2013-yilgi mavsumda u „Dinamo“ bilan chempionlik va Gruziya kubogini qoʻlga kiritgan xolda oltin dublga erishdi. 2013/2014-yilgi mavsumda u yana dublga erishdi, 2014/2015-yilgi mavsumda esa ikkinchi oʻrin va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

2015-yil boshida Papava Kiprning Nea Salamina Famagusta klubiga qoʻshildi. U 2015-yilning 31-yanvarida oʻz maydonida APOEL FC jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) debyut qilgan. U Nea Salaminada yarim yil oʻynadi.

2015-yilning yozida Papava Gruziyaga qaytdi va Dila Gori klubi futbolchisiga aylandi. U 2015-yilning 14-avgustida „Kolxeti 1913 Poti“ ga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida debyut qilgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Tbilisi
  • Gruziya ligasi: 2012-2013, 2013-2014
  • Gruziya kubogi: 2013, 2014
  • Gruziya Superkubogi: 2014

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Giorgi Papava at Soccerway
  • Giorgi Papava at National-Football-Teams.com