Gino Odjick

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tugʻilgan joyi 7-sentyabr 1970-yil (1970-09-07) (53 yosh)
Maniwaki, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 215 lb (98 kg; 15 st 5 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Vancouver Canucks
New York Islanders
Philadelphia Flyers
Montreal Canadiens
NHLga kirish drafti 86-oʻrindagi tanlov, 1990
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 1990—2002

Wayne Gino Odjick (talaffuzi: Ueyn Gino Odjik) (1970-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) —kanadalik sobiq professional xokkeychi. Gino Odjick 1990—2002-yillarda Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Vancouver Canucks“, „New York Islanders“, „Philadelphia Flyers“ va „Montreal Canadiens“ kabi xokkey jamoalarida oʻn ikki mavsum oʻynagan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gino Odjick Quebecning Maniwaki shahri yaqinidagi Kitigan Zibi nomli qoʻriqxonada tugʻilgan[1][2]. Gino Odjickning otasi Joe ikkinchi jahon urushi paytida, 1944-yilda, Fransiyada oʻldirilgan[3]. Toʻqqiz yoshida Gino Odjick Ontario shtatidagi ispan tilida dars oʻtiladigan maktabga yuborilgan[4].

Gino Odjick yoshligidan xokkey oʻynay boshlagan[5]. Gino Odjick 1983-yilda Quebecdagi xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Maniwaki shahridagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[6].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gino Odjick „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 1990-yilgi NHL kirish loyihasida 86-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Gino Odjick „Canucks“ xokkey klubi safida hujumchi sifatida harkatlandi. 1993—1994-yilgi NHL mavsumida Gino Odjick 16 ta gol va 13 ta golli uzatma bilan 29 ochkoga ega boʻldi. Gino Odjick 1990—1991-yildan 1997—1998-yillargacha „Canucks“ xokkey klubi safida jami 8 mavsumda oʻynadi. Oʻsha mavsumlarning oltitasida Gino Odjick 200 dan ortiq jarima daqiqalarini va ikki marta 300 dan ortiq penaltini amalga oshirdi.

1997—1998-yilgi mavsumida Gino Odjick „New York Islanders“ xokkey klubiga almashtirildi. Gino Odjick klub safida 1999—2000-yilgi mavsumgacha oʻynadi. Shundan soʻng, Gino Odjick „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjick 2000—2001-yillardagi mavsumda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjickning NHLdagi soʻnggi mavsumi 2001—2002-yillarda "Montreal Canadiens“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Gino Odjick 2002-yilda xokkeyni tark etdi[7].

Pensiyaga chiqqanidan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Gino Odjick Vancouverga qaytib keldi va Musqueam Golf & Learning Academyni boshqarish uchun Musqueam First Nation bilan hamkorlik qildi. Gino Odjick hali ham Vancouverda istiqomat qiladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1987—1988 Hawkesbury Hawks CJHL 40 2 4 6 167
1988—1989 Laval Titan QMJHL 50 9 15 24 278 16 0 9 9 129
1989—1990 Laval Titan QMJHL 51 12 26 38 280 13 6 5 11 110
1990—1991 Milwaukee Admirals IHL 17 7 3 10 102
1990—1991 Vancouver Canucks NHL 45 7 1 8 296 6 0 0 0 18
1991—1992 Vancouver Canucks NHL 65 4 6 10 348 4 0 0 0 6
1992—1993 Vancouver Canucks NHL 75 4 13 17 370 1 0 0 0 0
1993—1994 Vancouver Canucks NHL 76 16 13 29 271 10 0 0 0 18
1994—1995 Vancouver Canucks NHL 23 4 5 9 109 5 0 0 0 47
1995—1996 Vancouver Canucks NHL 55 4 3 7 181 6 3 1 4 6
1996—1997 Vancouver Canucks NHL 70 5 8 13 371
1997—1998 Vancouver Canucks NHL 35 3 2 5 181
1997—1998 New York Islanders NHL 13 0 0 0 31
1998—1999 New York Islanders NHL 23 4 3 7 133
1999—2000 New York Islanders NHL 46 5 10 15 90
1999—2000 Philadelphia Flyers NHL 13 3 1 4 10
2000—2001 Philadelphia Flyers NHL 17 1 3 4 28
2000—2001 Montreal Canadiens NHL 13 1 0 1 44
2001—2002 Quebec Citadelles AHL 13 2 1 3 40
2001—2002 Montreal Canadiens NHL 36 4 4 8 104 12 1 0 1 47
2004—2005 Horse Lake Thunder AC 3 3 4 7
NHL jami 605 64 73 137 2,567 44 4 1 5 142

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Crothers, Tim. „Gino Odjick“. SI.com. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  2. Pelletier. „Greatest Hockey Legend“. The Hockey History Blog (2008).
  3. MacGregor 1995, s. 224
  4. MacGregor 1995, s. 225
  5. MacGregor 1995, s. 231
  6. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2019-yil.
  7. „Profile - Gino Odjick“. LegendsOfHockey.net. Hockey Hall of Fame. Qaraldi: 27-iyun 2014-yil.