Gifomitsetalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gifomitsetalar (Hyphomycetales, Moniliales) — tuban zamburugʻlar (Deuteromycetes) tartibi. 650 turkumi, 10 mingdan ortiq turi bor. G.ning mitseliysi koʻp hujayrali. Jinssiz yoʻl bilan (konidiyalar orqali) koʻpayadi. G. orasida tuproqda yashaydigan saprofitlar, shuningdek, oʻsimliklarda kasallik tugʻdiradigan parazitlar ham bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil