Gidroelektrik stansiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gidroelektrik energiya jahon qayta yangilanuvchi energiya resurslari orasida eng keng tarqalganidir.
Gidroelektrik stansiya yoki gidroelektrostansiya (qisqartamasi GES) suv oqimining mexanik energiyasidan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi inshootdir. Gidroelektrik stansiyalar hozirgi kunda 715,000 MWe yoki jahon elektr energiyasining 19%'ini (2003 yilda 16% edi) ishlab chiqaradi. Qayta yangilanuvchi energiya manbalari orasida esa 63% hissaga ega (2005ga ko‘ra).