Gerodot
| Gerodot | |
| qadimgi yunon: Ἡρόδοτος Ἁλικαρνᾱσσεύς | |
| Tavallud sanasi: | taxm. mil. avv. 484 y. |
| Tavallud joyi: | Galikarnas |
| Vafot sanasi: | taxm. mil. avv. 425 y. |
| Vafot joyi: | Faros |
Galikarnasslik Gerodot - (Ἡρόδοτος Ἁλικαρνᾱσσεύς, taxminan mil. avv. 484 – 425 yillar.) — qadimgi yunon tarixchisi, yunon-fors urushlari va o'z davrining ko'plab xalqlarini urf-odatlarini ta'riflagan, birinchi to'liq tarixiy traktat - "Tarix"ning muallifi. Gerodotning asarlari antik madaniyat uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan. Sitseron uni, hayotligidayoq "tarix otasi" deb ataydi.
Gerodot o'z kitobini yozish uchun ma'lum vaqt Samos orolida yashagan. Bu asar 9 ta kitobdan iborat bo'lib, unda Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa mamlakatlar haqida qimmatli ma'lumotlarni jamlangan. Gerodot "Yunon-Fors" urushi haqida ham ma'lumotlarni to'plagan. Buyuk tarixchi o'zing asarini ilk bora Olimpiada o'yinlari paytida o'qib eshittiradi. U miloddan avvalgi 455-477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qiladi.
Buyuk yunon tarixchisi Gerodot mil. avv. 425-yilda vafot etadi