Geoxronologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geoxronologiya (geo... va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq G.ga boʻlinadi. Nisbiy G. togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam (choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) pastidagidan yosh boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy yoshi qatlamli togʻ jinslari bilan oʻzaro munosabatiga qarab aniqlanadi. Geologik kesimdagi qatlamlarning ketma-ketligini aniqlash mazkur r-nning stratigrafiyasini tashkil etadi. Bir-biridan uzokda joylashadi hududlarning stratigrafiyasini solishtirishda paleontologik metod ishlatiladi. Bu metod halok boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning jinslardagi toshqotgan qoldiqlarini oʻrganishga asoslangan.

Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-a. boshlarida togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleontologik metodni birinchi marta U. Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O. Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning asosini yaratdi. Geologlar koʻp yillar davomida qilgai mexnati evaziga Yer poʻstida qatlamlar yoʻnalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik metod asosida puxta qilib tuzilgan, pastki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan boʻlib, natijada unchalik mukammal boʻlimlarga ajratilmagan. Togʻ jinslarining metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari boʻyicha tokembriy arxey (yoki arxeozoy) va proterozoyga boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3 guruhga (yoki eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajratilgan. Guruhlar oʻz navbatida sistemalarga, sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa yaruslarga boʻlingan. Shkalaning bir necha guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy eonotemasi). Tokembriy uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan. Stratigrafik shkala G. shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik shkalaning har qaysi boʻlimiga G. shkalasining maʼlum boʻlimi mos keladi. Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga boʻlingan. Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi. Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi 1881 y.da Italiyaning Bolonya sh.da ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va oʻsha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi. Keyinchalik paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi maʼlumotlar asosida G. shkalasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Mutlaq G.da togʻ jinslari va minerallarning radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va mln. yillar bilan oʻlchanadi. Kimyoviy elementlarning radioaktiv parchalanishi tezligi doimiy boʻlib, tashqi muhit taʼsiridan oʻzgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-a. boshlarida fransiyalik P. Kyuri va angliyalik E. Rezerford taklif qilishgan. Ular tomonidan mutlaq G.ga qoʻllanilgan prinsip ayni paytgacha ishlatilmoqda. Mutlaq G.da radioaktiv parchalanishi uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil) uran va toriy elementlari ishlatiladi. Tokembriyning G. shkalasi togʻ jinslarining mutlaq yoshini koʻp marta aniqlab tuzilgan. Parchalanishning oxirgi mahsulotiga qarab mutlaq G.ning qoʻrgʻoshin, geliy, argon, kalsiy, stronsiy va b., shuningdek radiouglerod metodlari mavjud. Bulardan qoʻrgʻoshin (uran-toriyqoʻrgʻoshinli), argon (argon-kaliyli) va stronsiy (rubidiy-stronsiy) metodi koʻp ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin metodi minerallardagi (uraninit, monatsit, sirkon, ortit) radiogen qoʻrgʻoshinni tadqiq qilishga asoslangan. Bu metod eng ishonarli hisoblanadi. Uning ijobiy tomoni shundaki, mineralning yoshi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta tenglama yordamida aniqlanadi.

Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni faqat bir marta oʻlchangan tenglama koniyat beradi. Ayni paytda tenglamaning qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral, togʻ jinslarida bir xil. Radioaktiv minerallarda radiogen qoʻrgʻoshin bilan birgalikda oddiy qoʻrgʻoshin qoʻshimchalari borligi sababli yoshni aniqlashda tuzatishlar kiritiladi. Qoʻrgʻoshin rudasishshg izotop tarkibi boʻyicha aniqlangan yosh model yosh deb yuritiladi. Amalda model yoshning haqiqiy yoshga mos kelishi yoki kelmasligi koʻpchilik konlarda kuzatilgan.

Argon metodi kaliyli minerallarda argonning radiogen toʻplanishiga asoslangan. Zarur materiallarni osongina olish mumkin boʻlganligi sababli argon metodi koʻp ishlatiladi. Metodning kamchiligi faqat ichki nazorat qilish imkonining yoʻqligidadir. Chunki argon metodida togʻ jinslari va minerallarning yoshi fakat bitta tenglama orqali aniqpanadi.

Stronsiy metodi , 87Rb ni radioaktiv parchalanib 87Sr ga aylanishiga asoslangan. Bu metod kam ishlatiladi.

Radiouglerod metodi 60000 yoshgacha boʻlgan turli geologik obʼyektlarning yoshini aniqlashda muhim.

Absolyut G.ga oid tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari ilmiy adabiyotlarda keng yoritiladi. Oʻzbekistonda G. sohasidagi ishlar H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti hamda Mineral resurslar institutida bajariladi. Oʻzbekistonning gʻarbi va jan.dagi magmatik togʻ jinslarining mutlaq yoshi aniqlangan.

Sultonboy Husanov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil