Genri Kevil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Genri Kevil

Genri Uilyam Dalglish Kevil (inglizcha: Henry William Dalgliesh Cavill 1983-yil 5-may, Sent Savier, Jersi, Normandiya orollari, Buyuk Britaniyada tug'ilgan) — britaniyalik aktyor . " Mabudlar jangi: O'lmaslar ", " Kun yorug'ida ", " Po'lat odam ", " A.N.K.L Agentlari ", “Betmen Supermenga qarshi ”, “Adolat ligasi ”, “ Uddalab bo'lmas topshiriq: Oqibat ” filmlari va “Tyudorlar ” va “ Jodugar ” seriallaridagi rollari bilan tanilgan.

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevil 1983-yil 5-mayda Jersi orolida ( Normand orollari ) tug'ilgan va oiladagi besh o'g'ilning to'rtinchisi edi[1] . U Bukingemshirdagi Stou maktabiga borishdan oldin Sent Savier mahalliy cherkovidagi Sent-Mayklning xususiy maktabida o'qigan va u yerda birinchi marta maktab sahna ko'rinishlarida aktyorlik faoliyatini boshlagan . Uning onasi Marianna Dalglish bankda kotiba bo'lib ishlagan. U Jersida tug'ilgan va kelib chiqishi shotland, ingliz va irlandiyalik[2] . Uning otasi Kolin Kevil Angliyaning Chester shahrida tug'ilgan[3] va birja brokeri bo'lib ishlagan. 2000-yilda regbi o'ynab, 16 yoshli Kevil Stou maktabida "Hayot isboti " filmi uchun suratga tushayotgan aktyor Rassell Krou bilan uchrashdi. Aktyor u bilan ba'zi aktyorlik maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. Keyinchalik aktyorlar Po'lat odam[4][5] filmida birga ishladilar.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevil 2009-yilda

Kevilning ekrandagi birinchi ko'zga ko'rinishi " Graf Monte-Kristo " filmida bo'lgan, tez orada 2003-yilda Romola Garay bilan "Qal'ani qo'lga olaman" modernistik filmida va 2004-yilda HDTV eksperimental "Qizil qalpoqcha" filmidagi rollar. 2005-yilda u Hellraiser 8: Hell World filmida va 2006-yilda Tristan va Izolda filmida ikkinchi drajali rolni ijro etgan.

Bundan tashqari, aktyor kastingda bir nechta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U 2005-yilda " Garri Potter va Alanga kubogi" filmidagi Sedrik Diggori roli uchun kastingdan o'tgan, ammo bu rol Robert Pattinsonga nasib etgan. Shuningdek, 2005-yilda Kevil Casino Royale filmidagi Jeyms Bond roli uchun ko'rib chiqildi. Prodyuserlar va rejissyor aktyor Daniel Kreyg va Sem Uortington lar o'rtasida tanlov qilishdi, lekin Kevil u rol uchun juda yosh ekanligini tushunib yetishdi[6] . Keyinchalik, u Edvard Kallen roli uchun kastingdan o'tdi, lekin film boshlanganda u allaqachon 24 yoshda edi va 17 yoshli o'smirga o'xshamasdi va rol yana Robert Pattinsonga tushdi[7] .

2007-yilda Genri Kevil Showtimening " Tyudorlar " teleserialida bosh rollardan birini egalladi. U qirol Genrix VIII ning eng yaqin do‘sti va kuyovi Charlz Brendon rolini o‘ynadi. 2009-yilda u Joel Shumaxerning " Qonli Krik " qo'rqinchli filmida bosh qahramonlardan biri Evan Marshallni o'ynadi. Shuningdek, o'sha yili u Vudi Allenning " Nima bo'lsa bo'lar " filmida kichik rol o'ynadi.

2008-yil boshida Kevil Dunhill[8] Britaniya parfyumining yuziga aylandi.

2010-yilda Kevill 2011-yil kuzida chiqqan yangi mifologik katta byudjetli film[9] “Mabudlar Jangi: Oʻlmaslar" filmida Tesey rolini ijro etdi.

Kevil 2016-yilda

2011-yil 30-yanvarda Genri kastingdan muvaffaqiyatli o‘tgani va 2013-yil 14-iyunda chiqqan Zak Snayderning yangi “ Po‘lat odam” filmida Supermen rolini olganini ma’lum qildi[10] .

2012-yilda Cavill GQ jurnalining "50 ta eng zamonaviy britaniyaliklar" ro'yxatiga kiritilgan[11] . 2013-yil dekabr oyida u Britaniyaning Glamour jurnali tomonidan "Dunyoning eng kelishgan odami" deb topildi[12] . O'sha yili Empire jurnali uni "2013 yilning eng kelishgan 100 ta kino yulduzi" ro'yxatida 3-o'ringa qo'ydi[13] .

2013-yil 20-iyulda rejissyor Zak Snayder Komik-kon ko‘rgazmasida “Po‘lat odam” filmining davomi “ Betmen Supermenga qarshi” filmi suratga olinishini, Genri esa Supermen rolini qayta ijro etishi haqida e’lon qildi[14] . 2017-yil 16-noyabrda Kevil ishtirokidagi “ Adolat ligasi ” deb nomlangan so‘nggi kino komiksi chiqdi.

2018-yilning noyabr oyida u Berlindagi tantanali marosimda GQ "Yil odami" mukofotini oldi.

2019-yilda Netflix seriali The Witcher ya'ni Jodugar chiqdi, unda Genri bosh rolni o'ynadi . 2019-yilning 27-iyunida Kevil Legendary Entertainment’ning Milli Bobbi Braun ishtirokidagi Enola Xolms filmida Sherlok Xolms rolini o‘ynashi e’lon qilindi[15] . 2021-yilning 13-mayida uning Enola Xolms 2[16] filmidagi roliga yana qayta qaytishi e’lon qilindi. 2021-yilning 21-mayida Kevilning “ Highlander ” filmini qayta ishlanishida ya'ni remeykida bosh rolni o‘ynashi ma’lum bo‘ldi, garchi uning roli hali noma’lum bo'lsada[17] . Kevil rejissyor Metyu Vonning yangi josuslik filmi Argayl[18] ga qo'shiladi. Xuddi shu oyda u Stiv Folk rejissyori bo'lgan va avstraliyalik yozuvchi Grem Simsion[19] tomonidan yozilgan shu nomdagi kitobga asoslangan The Rosie loyihasi film adaptatsiyasida rol o'ynashi Deadline maqolasida tasdiqlangan.

2022 yilda Kevil o'zining Instagram sahifasida Mass Effect 3 o'yinidagi voqealarni tasvirlaydigan matnni ushlab turgan fotosuratini joylashtirdi. Shu sababli, aktyor Amazon Kino-Kompaniyasi tomonidan[20][21] chiqadigan serialda serial bosh qahramoni Kapitan Shepard rolini o'ynashi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Intervyuda Genri o'yinni adaptasiyasida ishtirok etishga qarshi emasligini, faqat serial syujeti yaxshi bo'lsagina bunga roziligini aytib o'tdi[22] .

2022-yil oktyabr oyida Kevil Gay Richchining “Jentlmen emaslar vazirligi to'poloni ” filmida bosh rolga o‘ynagani ma’lum bo‘ldi.

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Genri Kevil britaniyalik chavandoz Ellen Uitaker(ingl.) bilan uchrashishni boshladi. . Ular 2011-yilning may oyida unashtirilgan. Biroq, er-xotin 2012-yil may oyida ajralishdi[23][24] . 2013-yilning yozida Genri aktrisa Keyli Kuoko bilan uchrashdi ( Katta portlash nazariyasi seriali), ammo bu ishqiy munosabatlar juda tez tugadi (bir necha haftadan keyin). 2021-yil aprel oyida u Natali Viskuso (Gollivudda filmlar ishlab chiqaruvchi Legendary Entertainment televidenie va raqamli studiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti) bilan munosabatlarini Instagram akkauntida ular birga shaxmat o‘ynagan joyni joylashtirish orqali tasdiqladi . 2021-yil may oyida shaxsiy hayoti haqidagi mish-mishlarni to'xtatish uchun u yana Viskuso bilan tushgan fotosuratni joylashtirdi va izohda "sevgi va hayotda juda baxtliman" deb yozdi.

Genri Kevil Durrell nomidagi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg'armasining matbuot kotibi sanladi[25] .

Kevil bolaligidan[26] ishtiyoqli geymer edi[27] . U bir marta World of Warcraft o'yini[28] tufayli Supermen roliga o'ynash taklifini ya'ni muhim qo'ng'iroqni o'tkazib yuborgan. The Witcher (Jodugar) o'yiniga bo'lgan muhabbat uni serial adaptatsiyasida Geralt rolini o'ynashga undadi. U, shuningdek, o'zining sevimli o'yinlaridan biri sifatida Total War strategiya o'yinlari seriyasi ekanligini aytib o'tdi[29] . Mass Effect o'yinlari seriyasiga ham befarq emas edi. U o'yinni barcha qismlarini o'ynab chiqgach, o'yin haqida juda xushomadgo'y izoh qoldirdi[22] .

U Kanzas Siti Chiefs klubi[30][31] muxlisi. Kevil regbi muxlisi va o'z klubi Jersi Reds uchun mavsumiy chipta egasi[32]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Barker, Andy. «Regarding Henry.» Evening Standard 24 October 2008: 49-53. Print. Retrieved 27 November 2010 from Henry Cavill Fan Gallery. „Архивированная копия“. 2010-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
  2. „Henry Cavill“. IMDb. 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  3. Gidlow, Richard „Ten Things About... Henry Cavill“. Digital Spy (2013-yil 17-aprel). 2013-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
  4. Curry, Neil; Hussain, Leila. „Superman's reunion with his real-life hero“. CNN (2013-yil 19-iyun). 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  5. „When RUSSELL CROWE met "Fat" HENRY CAVILL: The Graham Norton Show June 20 BBC AMERICA“. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  6. „David Arnold discusses screentesting the new James Bond, and Daniel Craig's competition“. MI6 News (2007-yil 22-mart). Qaraldi: 2009-yil 2-yanvar.
  7. Morris, William „Interview: Twilight author Stephanie Meyer“. A Motley Vision (2005-yil 26-oktyabr). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-yanvar.
  8. „Dunhill Fragrances“. Dunhill. 2010-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-fevral.
  9. „First Look: Tarsem Singh’s 'Immortals' Epic with Henry Cavill // FirstShowing.net“. 2010-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
  10. „Henry Cavill to Play Superman!! | Superhero Hype“. 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-yanvar.
  11. „Tinie Tempah and Mario Balotelli GQ's best dressed men“. BBC Newsbeat (2017-yil 16-yanvar). 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  12. „Henry Cavill voted world's sexiest man in Glamour poll“. BBC Newsbeat (2013-yil 2-dekabr). 2016-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr.
  13. „3. Henry Cavill – The 100 Sexiest Movie Stars 2013“. Empire. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr.
  14. „В сиквеле «Человека из стали» появится Бэтмен“. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-iyul.
  15. D'Nuka, Amanda „Henry Cavill To Play Sherlock Holmes In Legendary's 'Enola Holmes' Adaptation“. Deadline (2019-yil 27-iyun). 2019-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  16. Jackson, Angelique „Millie Bobby Brown, Henry Cavill Return Set for ˜Enola Holmes Sequel“. Variety.com (2021-yil 13-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  17. Kroll, Justin „Henry Cavill To Star in Lionsgate’s ‘Highlander’ Reboot From Chad Stahelski“ (en-US). Deadline (2021-yil 21-may). 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  18. Yossman, K. J. „Henry Cavill, Samuel L. Jackson, Bryce Dallas Howard Among A-List Cast for Matthew Vaughn’s Spy Thriller ‘Argylle’“ (en-US). Variety (2021-yil 8-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  19. Kroll, Justin „Henry Cavill To Star In ‘The Rosie Project’“ (en-US). Deadline (2021-yil 14-iyul). 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  20. Adam Bankhurst. „Mass Effect Project Teased by Henry Cavill“ (en). IGN (2021-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  21. Tom Power published. „Has Henry Cavill been cast in Amazon's Mass Effect show? Witcher star weighs in“ (en). TechRadar (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  22. 22,0 22,1 Bradley Russell published. „Henry Cavill would "love to have a conversation" about being in the Mass Effect series“ (en). gamesradar (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  23. „'Man of Steel' Henry Cavill, Ellen Whitaker end engagement“. digitalspy.co.uk (2012-yil 20-avgust). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  24. „Henry Cavil, Ellen Whitaker secretly end engagement“. usmagazine.com (2012-yil 20-avgust). 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  25. „Henry Cavill, A True Hero To The Wildlife“. ComicBookMovie.com. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  26. White, Sam „Henry Cavill: Gaming on my own is much more fun than going out.“. British GQ (2019-yil 19-dekabr). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  27. Chalk, Andy „Henry Cavill rejects your notion of a 'gaming man cave'“. PC Gamer.com (2020-yil 3-yanvar). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  28. Good, Owen S. „Henry Cavill was too busy playing Warcraft to answer a call to play Superman“. Polygon (2016-yil 2-aprel). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
  29. „The Witcher's Henry Cavill Would Rather Play Total War: Warhammer 2 Right Now“. Gamespot (2019-yil 24-dekabr). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-may.
  30. Perine, Aaron „Henry Cavill Shows Kansas City Chiefs Love During NFL's Championship Weekend“. Comicbook.com (2020-yil 19-yanvar). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  31. Grathoff, Pete. „Superman says he's a Chiefs fan who loves Arrowhead (well, actor Henry Cavill does)“. The Kansas City Star (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  32. „Superman, Henry Cavill, becomes JRFC's newest member“. Jersey Reds (2013-yil 13-sentyabr). 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]