Gennadiy Mashyanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gennadiy Mashyanov
Statistikasi
Asl ismi Gennadiy Yuryevich Mashyanov
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Murabbiyi Norkin B. P.
Kuzmin O. P.
Tavalludi 1995-yil 30-yanvar
Toshkent

Gennadiy Yuryevich Mashyanov (1955-yil 30-yanvar, Toshkent) – sovet va rus boks murabbiyi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1986). 1976-yildan boshlab trenerlkik faoliyatini boshlagan. „Ijorets“ sport klubining, "Dinamo" sport jamiyati, Sankt-Peterburg MTSSH va jang sanʼatlari Akademiyasining murabbiyi boʻlgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg terma jamoasining bosh murabbiyi. Dmitriy Bivol, Sergey Kuzmin, Aleksandr Artemyev, Sergey Artemyev kabi titulli bokschilarning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gennadiy Mashyanov 1955-yil 30-yanvarda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. U mahalliy boksda murabbiy Boris Petrovich Norkin bilan faol shugʻullana boshlagan. Keyinchalik Leningradga doimiy yashash joyiga koʻchib oʻtadi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Oleg Petrovich Kuzmin rahbarligida „Trudovye rezervi“ ixtiyoriy sport jamiyatida tahsil olgan. Sport ustasi nomzodi meʼyorini bajargan.

1974-yilda Leningrad jismoniy tarbiya va sport kollejini, 1976-yilda esa P. F. Lesgaft nomidagi Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mashyanov sportchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagani uchun erta murabbiylikka oʻtadi. Shunday qilib, 1976—1978-yillarda „Ijorets“ sport klubida boks boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Keyin ikki yil davomida Leningrad shahar markaziy bolalar va oʻsmirlar sport maktabida yangi bokschilarni tayyorlagan. 1981—1993-yillarda „Dinamo“ ixtiyoriy sport jamiyati seksiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, koʻp yillar davomida Sankt-Peterburg jang sanʼatlari Akademiyasining murabbiylar jamoasida boʻlgan. 2008-yildan boshlab boks boʻyicha Sankt-Peterburg terma jamoasining bosh murabbiyi boʻladi. U oliy malaka toifasidagi murabbiy.

Gennadiy koʻp yillik murabbiylik faoliyati davomida xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozongan bir qator nomdor bokschilarni tarbiyalagan. Uning eng mashhur shogirdlari orasida aka-uka Aleksandr va Sergey Artemyevlar ham bor edi. Ular SSSR terma jamoasi aʼzolari boʻlib, yirik xalqaro turnirlar gʻoliblari va sovrindorlari, Rossiya professional bokschilarining birinchi toʻlqini vakillari boʻlgan. Uning shogirdlaridan yana biri – sport ustasi Sergey Kuzmin. U Yevropa chempioni, ikki karra Rossiya chempioni boʻlib, professionallar oʻrtasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mashyanov boshchiligida xalqaro sport ustasi, ikki karra Rossiya chempioni va professional boks boʻyicha jahon chempioni Dmitriy Bivol oʻzining sport faoliyatining koʻp qismini mashq qilgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yilda murabbiylik sohasidagi ulkan yutuqlari uchun Gennadiy Mashyanovga „RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy“ faxriy unvoni berilgan. "Sankt-Peterburgning 300 yilligi" medali medallari, „Faxriy Dinamo“, „Sankt-Peterburgda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. 2010-yil natijalariga koʻra, Sankt-Peterburgning eng yaxshi murabbiyi boʻlgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кузьмин О. П.. С боксом по жизни. Санкт-Петербург: Симпозиум, 2016. ISBN 978-5-89091-497-2. 
  2. „Геннадий Машьянов — лучший тренер Санкт-Петербурга“. Cанкт-Петербургский государственный университет Колледж физической культуры и спорта, экономики и технологии (2010). 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]