| Shahar
Gelsenkirchen
| Gerb |
 |
|
Gelzenkirxen - Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 294 mingdan ziyod kishi (1990y.lar oʻrtasi). Emsher daryosi va ReynXerne kanali boʻyidagi yirik port. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Rur havzasining eng yirik sanoat markazlaridan biri. G.da toshkoʻmir qazib chiqarish, kokskimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, oynasozlik, neftdan mahsulotlar olish, toʻqimachilik korxonalari ham bor. G.da Germaniya konchilik sanoatining boshqarmasi joylashgan. Gigiyena in-ti bor. Shahar Rur toshkoʻmir havzasining rivojlanishi munosabati b-n 19-a.ning 2-yarmida vujudga kelgan. Birinchi shaxta 1858 y.da qurilgan.[1]
Gelsenkirchen Olmoniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida joylashgan shahardir. [[Мюнстер|Мюнстер]] tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 104,84 km2. 257 981 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil