G‘affor Hotamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

G‘affor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1974). Respublika bolalar gazetasi tahririyatida, «Toshkent oqshomi», «Sovet O‘zbekistoni» («O‘zbekiston ovozi») gazetalari, «Yoshlik» jurnali tahririyatida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «Do‘stlik bayrog‘i» gazetasi, «Yoshlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘affor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va shom» 1976 yili «Guliston» jurnalida bosilgan. 1978 yili G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti adibning «Xat tashuvchi bola» nomli ilk hikoyalar to‘plamini nashrdan chiqardi. 1980 yil G‘affor Hotamovning «Qaytish», 1985 yil «Quduq tepasidagi oy» qissalari yaratildi. 1988 yil adibning «Azal va abad», 1990 yil esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. G‘affor Hotamovning hikoya, qissa va badialari keyingi yillarda «Kuntug‘mishning kulmagan baxti», «Birinchi muhabbat qissasi», «Kecha va bugunning saboqlari» nomi ostida kitob holida nashr etilgan. 1997 yil adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator publitsistik badialar muallifidir.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Tong va shom» «Xat tashuvchi bola» «Qaytish» «Quduq tepasidagi oy» «Azal va abad» «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» «Kuntug‘mishning kulmagan baxti» «Birinchi muhabbat qissasi» «Kecha va bugunning saboqlari»

Mukofot[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga ham tarjima qilingan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021 yil 4 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan. [1]

  1. „G'affot Xotamov“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.