Gʻoziddinxon Feruzi Jang I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻoziddinxon Bahodir, Feruzi Jang. Feruzi Anjuman
Mir Shihobiddin Siddiqiy
Berar subadori
Mansab davri
1698 – ?
Monarx Avrangzeb
Gujarot subadori
Monarx Bahodurshoh I
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1649-yil
Buxoro
Vafoti 1710-yil
Ahmadobod, Gujarot subasi
Otasi Qilichxon
Dafn etilgan joyi Gʻoziddinxon madrasasi, Dehli
Janglari Bijapur jangi
Golkonda jangi

Mir Shihobiddin Siddiqiy (taxminan  1649—1710), Gʻoziddinxon unvoni bilan mashhur boʻlgan, imperator Avrangzeb davrida Boburiylar imperiyasining yetakchi harbiy sarkardasi va zodagonlaridan biri. Boburiylar saroyi siyosatida muhim shaxs boʻlgan va bir nechta harbiy kampaniyalarda muhim rol oʻynagan. Avrangzebning sevimli zodagonlaridan, uning otasi Qilichxon Haydarobod davlatining asoschisi. Shuningdek, Dehlida Gʻoziddinxon madrasasi nomi bilan mashhur boʻlgan madrasaga asos solgan, oʻsha yerda dafn etilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoziddinxon 1649-yilda Buxoroda (hozirgi O‘zbekiston hududida) tugʻilgan[1]. Obidxonning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Boburiylar Hindistoniga safar qilgan va keyinchalik imperator Avrangzebning sevimli zodagoniga aylangan. Gʻoziddinxonning bobosi Aʼlam Shayx Buxoroning atoqli ziyolilaridan boʻlib, uning naslini mashhur avliyo Shihobuddin Suhravardiyga bogʻlashgan[2][3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avrangzeb hukmronligi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Shihobiddin Boburiylar Hindistoniga taxminan 1670-yilda, Boburiylar imperatori Avrangzeb davrida kelgan[1][4]. Saroyga qabul qilingan, tez orada Dekkanga boʻlgan bir nechta harbiy kampaniyalarda qoʻmondon sifatida ishtirok etgan. 1684-yilda Marathalarga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlari tufayli „Gʻoziddinxon Bahodir“ unvonini olgan. 1685-yilda qoʻshimcha ravishda „Firuz jang“ unvonini oladi. 1681-yilda Avrangzebning toʻrtinchi oʻgʻli shahzoda Muhammad Akbar qoʻzgʻoloni paytida xavfli vazifani bajarib, oʻzini namoyon qilgan[5].

1685-yilda Bijapurni qamal qilishda qatnashib[1], yurish muvaffaqiyatli kechgan. Ayniqsa, Avrangzebning uchinchi oʻgʻli shahzoda Aʼzam boshchiligidagi tuzoqqa tushib qolgan va och qoʻshinni ozod qilish uchun ushbu yurish paytida ogʻir yurishga rahbarlik qilgani uchun eʼtirof etilgan. Bu ishi uchun baliq bayrogʻi (mahi maratib) bilan taqdirlangan va „farzandi arjomand“ unvonini olgan. Bir yil oʻtgach, Adoni shahrini egallagan.

1687-yilda Golkonda qamalida va Haydarobodni egallashda ishtirok etgan, bu yurishda otasi Obidxon vafot etgan. Yurish paytida imperator Avrangzebni ikkinchi oʻgʻli Muazzam va dushman (Golkonda sultonligi) oʻrtasidagi til biriktirishdan ogohlantirgan. Sultonlikning nominal merosxoʻri va oʻgʻillarini hibsga olishda ham u muhim rol oʻynagan[5]. Tarixchi Satish Chandraning yozishicha, Gʻoziddinxon 1686-yilda Haydaroboddagi vabo tufayli koʻzini yoʻqotgan; ammo Ebba Koch 1690-yilda koʻrish qobiliyatini yoʻqotganini taʼkidlab, buni Bijapur qamalidagi vabo bilan bogʻlaydi. Koʻr boʻlganidan keyin ham Boburiylar harbiy maʼmuriyatida faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilgan[4].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoziddinxon 1710-yilda Gujarat subasining poytaxti Ahmadobodda vafot etgan. Uning jasadi Dehliga olib kelinadi va bu yerda oʻzi tirikligida asos solgan madrasa majmuasiga dafn qilinadi (Gʻoziuddinxon madrasasi)[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „General Ghazi al-Din Bahadur Khan Firuz Jang I (recto), Calligraphy (verso) | LACMA Collections“. collections.lacma.org. 2023-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-fevral.
  2. Faruqui 2009, s. 7.
  3. Chandra, Satish. Parties and politics at the Mughal Court, 1707-1740, 4th, New Delhi: Oxford University Press, 2002 — 46–49 bet. ISBN 0-19-565444-7. OCLC 50004530. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Koch, Ebba „The Madrasa of Ghaziu' d-Din Khan at Delhi“,. The Delhi College : traditional elites, the colonial state, and education before 1857, Margrit Pernau, New Delhi: Oxford University Press, 2006 — 36–37 bet. ISBN 978-0-19-567723-2. OCLC 75615171. 
  5. 5,0 5,1 Faruqui 2012, s. 298.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Faruqui, Munis D (2009), „At Empire's End: The Nizam, Hyderabad and Eighteenth-Century India“, Modern Asian Studies, 43 (1): 5–43, doi:10.1017/S0026749X07003290, ISSN 0026-749X, JSTOR 20488070, S2CID 146592706
  • Faruqui, Munis D (2012), Princes of the Mughal Empire, 1504-1719, Cambridge: Cambridge University Press, ISBN 978-1-139-52619-7, OCLC 808366461