Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq
Im Westen nichts Neues
Remarque Im Westen nichts Neues 1929.jpg
Muallif: Erix Mariya Remark
Janr: Roman
Original til: olmon
1-chi nashr: 1929

"Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq" (olm. Im Westen nichts Neues) - Erix Mariya Remarkning, 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha ko`rgan narsalari haqida hikoya qiladi. Remark, Ernest Xeminguey kabi, "yo`qotilgan avlod" tushunchasini qo`llagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli yosh odamlar, urushdan so`nggi hayotda o`z joyini topa olmaganlarini tasvirlab bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi.

Asosiy qahramonlar[tahrir]

  • Paul Boymer- bosh qahramon. 19 yoshida ixtiyoriy ravishda nemis armiyasiga chaqirilgan va g`arbiy frontga yuborilgan. 1918 yilning oktabrida vafot etadi.
  • Albert Kropp- Paulning sinfdoshi. Oyog`ini yo`qotadi. Urushdan qaytganlardan biri.
  • Myuller Beshinchi- Paulning sinfdoshi. Urushdan so`ng imtiyozli imtixonlarni topshirishni orzu qiladi. Urushda xalok bo`ladi.
  • Leyer- Paulning sinfdoshi. Urushda yaralanadi va ko`p qon yo`qotib xalok bo`ladi.
  • Frans Kemmerix- Paulning sinfdoshi. Jiddiy shikastlanadi va buning natijasida oyog`i kesib tashlanadi. Operatsiyadan bir necha kun o`tgach vafot etadi.
  • Iozef Bem- Paulning sinfdoshi. Sinfdoshlardan faqat u armiyaga borishni hoxlamagan. Lekin sinf raxbari va yaqinlari ta`siri ostida armiyaga yoziladi. Bem birinchilardan bo`lib xalok bo`ladi.
  • Stanislav Katchinskiy (Kat)- Boymer bilan bir rotada bo`lgan. Katchinskiy misolida katta yoshli va yosh askarlar o`rtasidagi farq yaxshi ko`rinadi. Katta yoshli askarlar ulkan hayotiy tajribaga ega, yoshlar uchun esa urush ularning butun hayoti. Oyog`idan yaralanadi. Paul uni sanitarlarga yetkazishga ulguradi, lekin yo`lda Kat boshidan yaralanadi va vafot etadi.
  • Tyaden- Paulning do`sti. Rotadagi eng yebto`ymas askar. Urushda tirik qoladi. Uning urushdan keyingi hayoti "Qaytish" romanida hikoya qilinadi.
  • Xaye Vestxus- Paulning do`sti. Baland bo`yli, kuchli, buncha aqlli emas, lekin yaxshi xazil mutoyibaga ega. Urushda tanasining orqa qismi shikastlanadi va u vafot etadi.
  • Detering- Paulning do`sti. Dehqon, u faqat o`zining xotini va xo`jaligini o`ylaydi. Olmoniyaga qochadi, lekin tutiladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
  • Kantorek- Paul, Leyer, Myuller, Kropp, Kemmerix va Bemlarning sinf rahbari. Urushning ashaddiy tarafdori. U barcha o`quvchilarini urushga borishga undaydi. Keyinchalik o`zi ham ko`ngilli askarlikka yoziladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
  • Bertink- Rota boshlig`i. Qaramlariga yaxshi muomalada. Rotani o`tsochardan qutqarayotganida ko`kragidan yaralanadi. Vafot etadi.
  • Ximmelshtos- Boymer do`stlari bilan xarbiy tayyorgarlik ko`rgan bo`limning boshlig`i. Ularning kazarmalarida eng vaxshiy zulmkor hisoblangan va bu bilan faxrlangan. Kropp, Tyaden, Boymer va Vestxuslarga o`ziga xos beshavqat munosabatda bo`lgan. Keyinchalik frontga, Paulning rotasiga yuboriladi. U yerda o`z aybini yuvishga harakat qiladi.
  • Iozef Xamaxer- Paul Boymer va Albert Kropp vaqtinchalik joylashgan katolik gospitaldagi bemorlardan biri. U boshidan la`t yegan. Buning natijasida, vaqti-vaqti bilan nima qilayotganini bilmay qolishi mumkin degan guvohnoma olgan. Lekin, Xamaxer ruhan mutlaqo sog`, va guvohnomani o`z manfaatlarida qo`llaydi.

Ekranlashtirilishi[tahrir]

Asar bir necha bor ekranlashtirilgan.

  • Rejisser Lyuis Maylstounning Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq (1930) filmi Oscarga sazovor bo`lgan.
  • 1979 yilda Delbert Mann Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq filmining televizion talqinini olgan.
  • 1983 yilda mashhur bastakor Elton Djo`n urushga qarshi bo`lgan nomdosh qo`shiqni yozgan.

1975 yilda sovet yozuvchisi Nikolay Brikin Birinchi jahon urushi haqida "Sharqiy frontda o`zgarishlar" nomli kitob yozgan.

Havolalar[tahrir]