Munozara:Gʻafur Gʻulom

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Gʻafur gʻulom (taxallusi; asl nomi Gʻulomov Gʻafur) (1903.10.5 — Toshkent — 1966.10.7) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1963). Oʻzbekiston FA akad. (1943). Toshkent sh.da Qoʻrgʻontegi mahallasidagi eski maktab va mad-rasada, rus-tuzem (1916) va "Hayot" maktablarida (1918) oʻqigan. Mustaqil hayot yoʻlini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashgʻul boʻlgan. Oʻqituvchilarni tayyorlash kurslarini tugatib, "Choʻlpon" (1919), "Hayot" (1924) maktablarida muallim, bolalar uyi (1926), "Urfon" maktabida mudir(1928). "Kambagʻal dehqon" (1928 y.dan) va "Sharq haqiqati" gaz.larida (1929 y.dan) masʼul kotib, "Mushtum", "Yer yuzi" jur.lari va "Qizil Oʻzbekiston" gaz. da adabiy xodim (1930—42), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1943—66). 30-y. larning boshlaridan shoir, hikoyanavis, dramaturg , tarjimon sifatida ijod etib, "Dinamo", "Yigit", "Egalari egallaganda", "Xitoydan lavhalar" (1931), "Tirik qoʻshiqlar" (1932), "Koʻkan" (1934), "Sizga" (1935), "Chash-ma" (1939) sheʼriy toʻplam va dostonlari, "Joʻraboʻza" hikoyalar toʻplami, "Netay" (1932), "Tirilgan murda" (1935), "Yodgor", "Shum bola" (1938) qissalari va "Muxbir sudi" (1929) pyesasini nashr etgan. Bundan tashqari, V.Mayakovskiyning "Hayqiriq" (1929), Hodi Toqtoshning "Muhabbat tavbasi" (1931) dostonini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonini nashrga tayyorlagan.

Gʻ.Gʻ.ning ijodiy tadriji 3 davrdan iborat. 30-y.larni oʻz ichiga olgan 1-davrda Gʻ.Gʻ. koʻplab sheʼr, maqola va ocherklar yozgan. Ularning aksari davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan. Gʻ.Gʻ. shu davrda yaratgan nasriy asarlarida xalq hayotini, tarixini, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub kishilarning ruhiy olami va nutqini mukammal ifoda etgan.

Gʻ.Gʻ. "Netay" va "Yodgor" qissalarida tasvirlangan ayol qahramonlar obrazi orqali maʼnaviy buzilish, sharqona axloq meʼyorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini koʻrsatgan.

"Shum bola" qissasining bosh qahramoni obrazida Gʻ.Gʻ. hayotninghar qanday murakkab va mashaqqatli sinovlaridan oʻta biladigan, tegirmondan butun chiqadigan shoʻx va zuk-ko bola obrazini katta mahorat bilan tasvirlagan. Yozuvchi avtobiografik xarakterga ega boʻlgan bu asari bilan oʻzbek adabiyotiga yangi bir tipni olib kirgan. Milliy boʻyoqlar bilan muzayyan boʻlgan bu asar ayni paytda umuminsoniy gʻoya va qarashlar bilan yoʻgʻrilgan.

Ijodining 2-davri — 2-jahon urushi yillarida Gʻ.Gʻ. xalqva mamlakat hayotida kechayotgan fojiaviy voqealarni falsafiy rejada idrok va tasvir etuvchi asarlarni yaratgan ("Kuzatish"). Urush yillarida ota-onasiz krlib, Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan bolalar haqidagi "Sen yetim emassan" sheʼri yuksak inson-parvarlik gʻoyasi va gumanizmi bilan ajralib turadi. Gʻ.Gʻ.ning "Sogʻinish", "Qish", "Bizning koʻchada ham bay-ram boʻlajak" singari sheʼrlarida urush mavzui oʻzining barcha qirralari bilan aks etgan. Gʻ.Gʻ.ning urushdan keyingi dastlabki oylarda yaratgan "Vaqt" sheʼri alohida ahamiyatga ega. Gʻ.Gʻ. bu sheʼri bilan oʻzbek sheʼriyatidagi falsafiyintellektual yoʻnalishni yangi bosqichga olib chiqdi.

40-y.larning 2-yarmi — 50-y.lardan shoir ijodining 3-davri boshlangan. Gʻ.Gʻ.ning shu davrda yaratilgan sheʼrlaridagi lirik qahramon endi urush jarohatlari malham topgan, tinchlik, doʻstlik singari qadriyatlarning qadriga yetuvchi kishidir. Ana shu lirik qahramonning ruhiy olami kechinmalari Gʻ.Gʻ. sheʼrlariga ajib biryorqinlik bagishlagan ("Toshkent". "Sizga", "Onaxonlarga", "Muhar-ram", "Bir loʻst xotirasi" va b.). Ayni paytda ilk bor "Turksib yoʻllarida" sheʼrida koʻzga tashlangan tarix tui-gʻusi shu davrda boshqa bir koʻrinishda. lirik qahramonning gʻurur va surur manbaini ifodalovchi omil sifatida Gʻ.Gʻ. sheʼrlariga kirib kelgan ("Alisher", "Oʻzbek zlining gʻuru-ri" va b.). Shuningdek, shoirning "Yangi sheʼrlar", "Sheʼrlar" (1946). "Oʻzbek elining gururi" (1949), "Sharaf qoʻlyozmasi" (1950). 4 jildli "Tanlangan asarlar" (1956—59) singari toʻplamlari shu yillarda nashr etilgan.

Gʻ.Gʻ 50—60-y.larda koʻproq shoʻro jamiyatining yetakchp kuchini sharaf-lovchi, turli bayramlarni olqishlov-chi, xalqni paxtayaap moʻl hosil olishga chorlovchi sheʼrlarni yozishga maj-burboʻlgan. Shunga qaramay. u sheʼriyatga oʻzbek tilinnng shirali. rangii va goʻzal qatlamlarini olib kirishga erishgan.

Gʻ.Gʻ. bolalarga bagʻnshlangan talaygina sheʼrlar ham yezgan ("Tongotar qoʻshigʻi", 1949: "Bari senikn". 1953; "Turgʻun va oʻrdak". 1955; "Bir gʻuncha ochilgungacha", 1958). U turkny va forsiy tilda yezilgan sharq sheʼriyatining bilimdonlaridan va zamonavgʻgi adabiy hayotnint faol kuzatuvchilaridan biri sifatida Navony, Atoiy. Mashrab, Mukimpy, Muhii. Furqag , •Ajziy Xoʻqandiy. Vaslly, Agnpgy. Oybek. Gʻayratiy, H. Olimjon, S.Ab-dulla singari oʻzbek shoir va yozuvchilari, qardosh xalqlar adabiyotining Nn-zomiy, Jomiy, Pushkin, Lermon tov, Gogol, Shevchenko, Mayakovskiy, Abay, Toʻgʻaloq Moʻlda, Abdulla Toʻqai, Lohutiy va b. mashhur namoyandalari toʻgʻrisida koʻplab alabiytanqidiy maqolalar yozgan. Shuningdek, Gʻ.Gʻ. "Kul-gichilik goʻgʻrisida", "Yumor va sati-ra", "Folklorni oʻrganaylpk" sngggari maqolalar ham yozib. hljviy alabiyotning janr xusuyeiyatlarnga doir qarashlarini oʻrtaga tashlagan, oʻzbek xalqining boy ogʻzaki ijolini oʻrganipg masalalariga jamoatchilik eʼtggbori-ii qaratgan.

Gʻ.Gʻ.ning adabiy merosida badiiy tarjima katta oʻrin tutadi. U yuqorida tilga olingan tarjima asarlaridan tashqari, U.Shekspirning "Otel-lo". "Qirol Lir" tragediyalari. Oʻrdubodiyning "Besh soʻmdik kelin", N.Hikmatning "Bir sevgi af-sonasi" pyesalari, M. Kozimiyning "Qoʻrqinchli Tehron" romani, shuningdek, Pushkin. Lermontov, Nekrasov va T.Shevchenko asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Toshkentdagi metro bekatlarggdan biri. madaniyat va istirohat bogʻi (2003 y.da ushbu bogʻda unga haykal oʻrnatildi. haykaltarosh J.Mirtojnev). nash-riyogmatbaa ijodny uyi. Qoʻqon adabiyot muzeyi. guliston davlat universitetgg Gʻ.Gʻ. nomi bilan ataladi. "Shum bola". "Netay". "Mening oʻgrigina bolam". "Afandi oʻlmaydigan boʻllgg" asardari asoyeida teatr spektakllari va kino-filmlar yaratilgan. 2003 y.da shoir tugʻilgan kunning 100 yilligi keng ni-shonlandi. Vas|)otidan soʻnt "Buyuk xizmatlari uchun" ordeggi bilan mukofotdangan (2000).

  • Mukammal asar gar toʻplami (12 j.ln). 1 — 10-j.lar. T. Saylanma. T.. 2003.
  • Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Mamajonov S. Gʻafur Gʻulom prozasi; T. Gʻafur Gʻulomning lirik poliyalagi max.orati. T. 1966: M a -majoiov S. Uslub jilolari. T.. 1972: AkbarovA.. Gsfur Gulam, G.. 1975: kar i m o v N.. Gʻafup Gʻulom poeziyasi. T.. 2003: Nazarov B.. Gʻafur Gʻulom olami. T.. 2003: Gʻafup Gʻulom ^amonloshlari xotpraspda. "I.. 2003; Safarov ().. Zamonloshlar gonginingcharoqdarn. Gʻ>\xoro. 2003: Gʻafur Gʻulom Lndijonla, Aplkjon. 2003.

Naim Karimov.

Nataev munozara 09:16, 10 fevral 2014 (UTC)