Franco Causio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Franco Causio (italyancha: Franco Causio)—italiyalik futbolchi,yarim himoyachi.1949-yil 1-fevralda Lechcheda tugʻilgan."Lechche" futbol klubi tarbiyalanuvchisi.Turinning "Yuventus" klubi bilan olti karra Italiya chempioni,1979-yilgi Italiya kubogi va 1977-yilgi UEFA kubogi gʻolibi.1973-yilda Causio „Yuventus“ bilan Yevrokuboklar finaliga qadar yetib bordi.

Franco "A" seriyasida turli jamoalar safida 460 ta o‘yin o‘tkazib,66 ta gol urdi."B" seriyada 94 ta oʻyin,"S" seriyada 16 ta o‘yin oʻtkazgan.Italiya Kubogida 113 ta o‘yin,Yevropa Chempionlar kubogida 23 ta oʻyin,Kubok egalari kubogida 7 ta oʻyin,UEFA Kubogida 49 ta oʻyin,Qitʼalararo Kubokda 1 ta oʻyin va terma jamoada 63 ta oʻyin o‘tkazadi.

Umuman olganda, u faoliyati davomida Italiyada 829 ta uchrashuv oʻtkazgan.

1972-yildan 1983-yilgacha Italiya terma jamoasi safida 63 ta oʻyin oʻtkazib,6 ta gol urgan.1982-yilgi Jahon chempioni. 1974 va 1978-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.1980-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.1971-yil Italiyaning eng yaxshi futbolchisi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Franco Lechche (Apuliya) tugʻilgan va 17 yoshida "Yuventus" ga oʻtgan.B seriyadagi bir necha yillik „ijara“dan so‘ng („Rejina“ va „Palermo“da o‘ynagan).1970-yilda „Yuventus“ga qaytdi.U yerda 11 yil davomida Turin klubining 7-raqamli libosida yurdi va Roberto Bettega,Roberto Bonisenya,Petro Anastazi,Klaudio Jentile,Marko Tardelli,Dino Zoff,Gaetano Shirea va Antonio Kabrina kabi futbolchilar bilan birga toʻp surdi.Klub bilan juda muvaffaqiyatli davr mobaynida u olti marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.Shuningdek Italiya kubogi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.Bundan tashqari u „Yuventus“ bilan 1972/73-yilgi Yevropa Chempionlar Kubogi finaliga chiqdi.Oʻsha mavsumdagi Italiya kubogi finalida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Qitʼalararo kubok finaliga chiqdi.Garchi A Seriyada gʻalaba qozongan boʻlsa-da treblni yutmagan.1979/80-yilgi Yevropa kubok egalari kubogi musobaqasida „Yuventus“ bilan birga musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan.

Italiya terma jamoasidagi ilk oʻyinini 1972-yil 29-aprelda Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.Terma jamoadagi ilk golini esa 1972-yil 17-iyunda urgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub miqyosida
Terma jamoa miqyosida
Shaxsiy
  • Italiyaning eng yaxshi futbolchisi-1971

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]