Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/SHatt ul-arab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SHATT ul-ARAB — Iroq va Erondagi daryo. Uz. 195 km, havzasining mayd. 1 mln. km2. Dajla va Furot daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mesopotamiya pasttekisligidan oqib, delta hosil qilib Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Asosiy irmogʻi — Qarun daryosi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m3/sek., bahorda toʻlib oqadi. Kema qatnaydi. Basra shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Asosiy portlari: Basra, Hurramshahr, Obodon shahrilari.[1]

  1. „Qomus.info“. 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.