Foydalanuvchi:Panpanchik/Tahrirlar to'qnashuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaganskydan qoʻshimcha savollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

@Panpanchik:, avvalamvor administrator oʻlaroq oʻzbekcha Vikipediyaga xizmat qilishni taklif etganingiz uchun tashakkur! Siz nomzodingizni koʻrsatganda, oʻzbekcha Vikipediyada statusli maqolalar yaratganingizni, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan bir nechta statusga ega ekanligingizni, eng asosiysi, oʻzbekcha Vikipediyada ayol-administratorlar soni kamligini yozgansiz.

1. Statusli maqola yaratish va administrator statusi orasida qanday bogʻliqlik mavjud deb oʻylaysiz? Sizningcha statusli maqolani 0dan yaratish yoki boshqa tildan tayyor maqolani tarjima qilib, unga sayqal berish administrator statusini olish uchun qanchalik darajada muhim ish sanaladi? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Statusli maqola yaratish bilganingizdek maʼlum meyorlarga javob bergan holatdagina amalga oshiriladi. Ammo shuni ham taʼkidlash kerakki, oʻzbekcha Vikipediyada statusli maqola yaratish ham oson ish emas nazdimda. Toʻgʻri men mustaqil tadqiqot asosida maqolani statusga bermaganman, ammo tarjima maqolalar ham qanchalik mashaqqat ila status olganligidan xabaringiz bor. Statusli maqolalar haqida toʻxtalib oʻtganimning sababi, qaysidur maʼnoda Vikipediyaga qoʻshgan xissamni izohlash uchun edi. Fikrimcha, statusli maqolalar yaratish administrator boʻlish uchun shunchaki bir plus tomon boʻla oladi. Xulosa chiqaruvchi oʻlaroq statusli maqola nomzodini tasdiqlay olsam ham, ammo bu oʻrinda administratorning oʻrni boʻlakcha. Oʻzi statusli maqola yaratmagan administrator bu borada kerakli xulosa berishga qiynaladi deb oʻylayman.PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
2. Shu paytgacha sizga taqdim etilgan Eski holiga qaytaruvchi, Xulosa chiqaruvchi va Interfeys administratori statuslaridan qay darajada effektiv ravishda amaliy foydalanganingizni 5 balli sistemada oʻzingizni qanday baholaysiz? Kelajakdagi administrator sifatidagi faoliyatingiznichi? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Eski holiga qaytaruvchi sifatida u qadar ahamiyatli ish qila olmaganman. Shuningdek, egallaganimga hali koʻp boʻlmagan interfeys administratori sifatida ham (ayrim atropogen omillari sabab). Ammo xulosa chiqaruvchi sifatida yomon faoliyat yuritmadim, umuman olganda qilgan ishlarim 3+ ga arzisa kerak deb oʻylayman . Kelajak haqida esa hozir ayni bir fikr ayta olmasam kerak PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)

Adminlik majburiyatlaridan quyidagilarni bajarmoqchi ekanligingizni yozgansiz: "Yangi foydalanuvchilarga yordam berish, vandalizm bilan shugʻullanuvchi foydalanuvchilarni bloklash va yangi yaratilgan maqolalarni patrullab, ularni maksimal darajada yaxshi holatga keltirish."

3. "Yangi foydalanuvchilarga yordam berish" — administrator majburiyatlaridan biriga kirishiga izoh bera olasizmi? Nima sababdan bu ish bilan istalgan foydalanuvchi administrator statusisiz shugʻullanishi mumkin emas deb oʻylaysiz? Vikipediya mezonlariga mos boʻlmagan maqolalarni maslahatlar va ogohlantirishlarga qaramay yoppasiga yaratishda davom etadigan yangi va quloqqashshang foydalanuvchiga duch kelsangiz, administrator sifatida unga qanday yordam qoʻlini choʻzgan boʻlardingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Yangi foydalanuvchiga yordam berish administratorlik vazifasiga qay darajada kiradi bilmadimku, lekin men siz, Jamshid Nurqul, Umarxon Rahimov yordamisiz bu darajaga yeta olmagan boʻlar edim. Ehtimolki, qoidalarni yaxshi bilishingiz va tajribali ekanligingiz meni shu darajaga yetakladi. Administrator boʻlmagan holatimda ham koʻplab foydalanuvchilarga yordam berdim, ammo shuni aytib oʻtish kerakki, har doim ayni bir qoidani buzib qoʻymaslik hadigi bilan oʻrgatganman. Ehtimol, bu shunchaki adminofobiyadir yaʼni administratorlardan qoʻrqqanligim uchundir. Quloqqashang soʻziga uncha tushuna olmadim)) Lekin tushungan boshqa jumlalarimga koʻra shuni ayta olamanki, men ham qachonlardir qoidalarni bilmagan oddiy foydalanuvchi boʻlganman. Avvaliga oʻrgatishga urinaman, ogohlantiraman, kor qilmasa bloklayman. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
4. Vandalizm qilmagan, lekin, Vikipediya qoidalarini muntazam buzadigan roʻyxatdan oʻtgan va anonim foydalanuvchilarga nisbatan administrator sifatida qanday choralar koʻrgan boʻlar edingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Roʻyxatdan oʻtgan qoidabuzarlarni avvaliga ogohlantiraman, kor qilmasa umumiy muhokamada bloklash taklifi bilan chiqaman. Anonim foydalanuvchilarga nisbatan esa biroz qatʼiyroq munosabatda boʻlishni maqul koʻraman. Bir marotaba ogohlantirish va eʼtiborsiz boʻlgan holida bloklash kerak deb oʻylayman. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
5. Maqolalarni qaysi holatlarda patrullash mumkin emasligiga misol keltirsangiz? Shunday maqolalar bilan administrator sifatida qanday yoʻl tutgan boʻlardingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Yangi sahifalarni patrullash qoidasiga binoan oʻchirishga yoki tezda oʻchirishga andozasi qoʻyilgan holatlarda ularni patrullash shart emas. Shuningdek Avtomatik patrul sahifasiga binoan avtopatrul foydalanuvchilar roʻyxatidagilarning maqolalarini ham qayta tekshirish shart emas. Yana ham bu borada bizda hali aniq qoidalar mavjud emasligi sababli, kengroq fikr ayta olmayman. Savolning keyingi qismiga keladigan boʻlsak, patrullash zarurati yuqori boʻlmagan maqolalarga ortiqcha vaqt sarflamagan boʻlar edim. Uzwikida patrullanish zarurati boʻlgan maqolalar mavjud boʻlgan bir holatda boshqa yuqori zaruriyatga ega boʻlmaganlariga vaqt sarflamas edim. Yana ham hammasini vaqt koʻrsatadi. Patrullashga oid qoidalarni oʻzbekcha Vikipediyada ham toʻliq amaliyotga qoʻllay olsak, ehtimol fikrim qoidalarga mos tarzda oʻzgarishi mumkin. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
6. Boshqa foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va siz tomoningizdan maksimal darajada yaxshi holatga keltirilgan maqolalarga misol keltirsangiz. — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Odatiy holatda boshqalar yaratgan maqolalarni u qadar koʻp tahrirlamayman, sababi men qiziqqan mavzular, olamlar bizning vikida hali kashf etilmagan. Ammo yaqinda TR statusini olgan Yaponiya shaharlari roʻyxati maqolasi avvaliga Alpasli tomonidan yaratilgan edi. Shuningdek bu va mana bu sahifadagi maqolalarni imkon doirasida yaxshilashga uringanman. Odatda boshqalar tomonidan yaratilgan maqolani tahrirlashdan koʻra, yangi yaratishni koʻproq yoqtiraman, sababi, mening noodatiy feʼlimga mos keladigan maqolalar hali yaratilmagan. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
7. Siz eslab oʻtmagan administratorlik majburiyatlaridan yana qaysilari mavjud? Ularni ham bajarishda boʻlajak safdoshlaringizga yordam berish niyatidamisiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Vandal foydalanuvchilarni bloklash))) Menga sahifalarni muhofazalash faoliyati koʻproq qiziq. Boshqa Vikipediyalarda koʻplab maqolalar va andozalar tahrirlashdan himoyalangan. Men ham kelajakda shu faoliyatni amalga oshirilishiga hissa qoʻshmoqchiman. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
8. Renessans olimlari qomusi maqolasining mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega deb oʻylaysizmi? Aytmoqchi boʻlgan javobingizni qanday asoslaysiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Renessans olimlar qomusi kitobi tarkibiga kirgan shaxslarning aksar qismi EA ga ega deb hisoblayman. Sababi asar ensiklopedik ohangda yozilgan, ensiklopediya qoidalariga koʻra tuzilgan va muhokamadan oʻtgan. Vikipediyaga maqola oʻlaroq kiritishning ayrim qoidalariga javob bermaydigan maqolalarni esa yozmaslikka harakat qilganman. EA sahifasining Marhum shaxslar boʻlimi 1-bandiga binoan, maqolasi men tomonimdan kiritilgan olimlarning katta qismi islom ummatiga hadislarni yetkazib berish bilan shugʻullanishgan, fikrimcha, bu shaxslar qilgan ishlari ahamiyatli boʻlmaganida, ayni islom sohasi olimlari tomonidan bu qadar etirof etilmagan boʻlar edi. 2-bandga binoan Renessans olimlari qomusi asari ilmiy tadqiqot emas va unda berilgan shaxslar xususidagi maʼlumotlarning aksar qismi boshqa manbalarga asoslanadi. Boʻlimning soʻnggi bandiga koʻra, asarning oʻzi yetarlicha darajadagi ishonchli manba boʻla oladi. Sababi asar ham ayni mustaqil tadqiqot asosida emas, asosan boshqa manbalar asosida tuzilgan. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
9. Siz 2023-yil yanvar—mart oylari davomida yaratgan koʻplab maqolalarda shu kitobni mana shu tarzda "Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 39 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2." manba oʻlaroq koʻrsatgan ekansiz. Shu birgina manba asosida yaratilgan maqolalarning EAga ega ekanligini va oʻchirilmasligi kerakligini VP:BIOning qaysi mezonlariga binoan asoslab bera olasiz? Qaysi hollarda manbada muallif lotin yozuvida, kitobning nomi esa kirilda koʻrsatilishi mumkin? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
Renessans olimlari qomusi asarining oʻzi ensiklopediya oʻlaroq chop etilgan. Uning Vikipediyaga kiritilishi OʻzME maqolalari singari sodir boʻldi (albatta maʼlumotlarning Vikipediya qoidalariga asosan yozilishiga kuchli eʼtibor qaratilgan). VP:BIO shartlariga mos kelishi xususida esa yuqorida tushuntirish berdim. Soʻnggi savolga keladigan boʻlsak, asar toʻlaligicha krill alifbosida yozilgan edi. Shu sababli ham asar nomini oʻz aslicha qoldirishni maqul koʻrgan edik. Sababi bu haqida Vikipediyada ayni bir qoidani ham topa olmaganmiz ushanda. Keyingi maqolalar ham ayni bir manba shabloni asosida yaratilgan va bu bora hech kim ogohlantirish bermagan edi. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)

Taʼkidlab oʻtish joiz. Siz qisqa davr ichida oʻzbekcha Vikipediyada oʻzingiz bilan deyarli bir vaqtda faoliyatini boshlagan foydalanuvchilarning aksariyatiga nisbatan juda aktiv faoliyat yuritdingiz. Aytganingizdek, Vikipediyamiz ayol-administratorlar soni jihatidan ham juda oqsoq. Siz oʻzbekcha Vikipediya tarixida yangi maqolalarni patrullashni oʻz zimmasiga olishini bildirgan administratorlikka birinchi nomzod ham boʻldingiz. Toʻgʻrisi, kreativligingiz tahsinga loyiq! — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)

Kagansky avvalo mazkur soʻrovga befarq boʻlmaganligingiz va iliq fikrlaringiz uchun tashakkur. Savollarga imkon doirasida va shu vaqtgacha oʻzlashtirgan bilimlarim asosida javob berdim. Tushunarsiz hamda, sizni qoniqtirmaydigan javoblar mavjud boʻlsa, kengroq toʻxtalib oʻtishga tayyorman. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)