Foydalanuvchi:Ozodbek1202/Pechenag tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PEChENEG TILI, bijanak tili — 8—11-a. larda Volga va Ural daryolari buylari, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi dashtlarda yashagan pecheneg (bijanak)lar tili; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Fonetik xususiyatlariga koʻra qipchoq tiliga yaqin boʻlgan, yaʼni soʻz oʻrtasi va oxirida ayrim undoshlarning yum-shashi, reduksiyaga uchrashi yoki boshqa undoshlarga almashinishi; ayrim un-doshlar taʼsirida til orqa a unlisining til oldi a unlisiga aylanishi; birinchi boʻgʻinda a ning e tarzida, e ning i tarzida talaffuz etilishi va b. Mahmud Koshgʻariy pecheneglarni oʻgʻuz urugʻlari qatorida tilga olgan va Pecheneg tili b-n bulyur tilidat oʻxshashliklarni qayd etgan. Rus turkiyshunosi Ye. A. Baskakov Pechenag tilini turkiy tillar oʻgʻuz guruhining oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasiga kiritadi.

Pecheneglar ittifoqi tarqab ketgach, Pecheneg tili ham ulik tilga aylangan. Vizantiya, venger, slavyan manbalarida sakdanib qolgan pecheneg qabila va urugʻlarining nomlari, atokli ismlari, mansab, lavozim hamda joy nomlari asosida Pecheneg tilining xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/pecheneg-tili/