Foydalanuvchi:Ozodbek1202/Pasxa oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PASXA OROLI, Rapanui — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulqon oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Maydoni 165,5 km2. Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulqonlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tempratura 16—23°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, oʻt oʻsimliklari usadi. Tropik dehqonchilik qilinadi. Baliq ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — Xangaroa. Pasxa orolini 1722-y. da golland dengizchi sayyohi Roggeven pasxa bayrami kuni kashf kilgan. 1888-y. dan Chili tarkibida. Orolda pasxaliklarning qadimga. madaniyat qoldiklari — tosh xaykallar, yozuvlar bitilgan taxtachalar sakdangan. Pasxa orolida 1955—56ylarda T. Xeyerdal rahbarligida Norvegiya—Amerika ekspeditsiyasi arxeologik qazishmalar oʻtkazdi. Tadkiqotchilar fikricha, orolning dastlabki aholisi Perudan kuchib borgan. 15-asrda Pasxa oroliga Markiz slaridan polinezlar borib oʻrnashgan. Ular 17-asrda orolning dastlabki aholisini butunlay kirib tashlagan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/pasxa-oroli/