Foydalanuvchi:Mavlonov Javoxir/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bo'sa
(Inglizcha: The Kiss, nemischa:Der Kuss)
Gustav Klimt, 1907-1908
Moybo'yoq
180 × 180 sm
Österreichische Galerie Belvedere, Vena , Avstriya

Bo'sa - dastlab ,,Sevishganlar" deb nomlangan, avstriyalik rassom Gustav Klimt tomonidan chizilgan kartina. Ushbu rasm 1907-1908-yillarda chizilgan bo'lib, rassomning oltin davriga to'g'ri keladi. "Sevishganlar" nomi ostida va tugallanmagan shaklda rasm birinchi marta 1908-yilda Vena san'at ko'rgazmasida namoyish etilgan va darhol katta e'tiborni tortdi va tashrif buyuruvchilarning hayratini uyg'otdi. Gustav Klimt ko'rgazma tashkilotchilaridan biri bo'lib, uning asarlari uchun 22-sonli alohida xona ajratilgan.