Foydalanuvchi:Atagullasatbaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SOG‘INBOY IBROHIMOV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sog‘inboy Ibrohimov - mashhur qoraqalpoq shoiri va yozuvchisi. 1956-yili Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 1982-yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan “Shuhrat” medali (2020) bilan mukofotlangan. 2021 yilda faol ijod qilib, yangi asarlari bilan keng adabiy jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijodkor[2]. katharsis.su[3] - shaxsiy web-sayti.

U qoraqalpoq milliy she’riyatini badiiy matn sifati, metaforalar, shakl va mazmun jihatidan yangilagan yuksak badiiy mahoratli shoir[4]. Qoraqalpoq va rus tillarida ijod qiladi.

Sog‘inboy Ibrohimov

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Dasht” (1982)

“Beshinchi fasl”(1986)

“Yer bilan osmonning oralig‘ida” (1990)

“Tanlangan she’rlar” (2016)

Brno daftari” (2021)

Brno suhbatlari” (2021)

"Sentabrning so‘nggi kunlari” (2022) qissalar to‘plami

“Moy karakalpakskiy narod” (2022)

“Berdaqning “Shajara” dostoni va qoraqalpoqlar tarixi” (2022) etno-tarixiy esse

“Madaniyat va ilm darg‘alari bilan suhbatlar” (2022)

“Yo‘l o‘rtasi” (2022)

Bir qator ilmiy risolalar, qissa va esselar muallifi. U “Sharq adabiyoti namunalari” nomli to‘plam tuzib, Sulaymon Boqirg‘oniy, Alisher Navoiy, Bobur, Maxtumquli, Abay, Sa’diy Sheroziy kabi Sharq mumtoz she’riyati namoyandalari asarlarini, ingliz, rus, chex adabiyoti vakillarining ijod namunalarini qoraqalpoq tiliga yuksak badiiy mahorat bilan tarjima qilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining she’rlarini ham tarjima qilgan.

  1. „О себе“ (2023-yil 4-aprel). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  2. „Сағынбай Ибрагимов – «Жылдың ең жақсы шығармасы» таңлаўы жеңимпазы“ (2021-yil 30-dekabr). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  3. „katharsis.su“. 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Sog‘inboy Ibrohimov (1956)“ (2018-yil 3-iyul). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.