Brno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brno

Brno- chex. Brno [ˈbr̩no], oldingi nomi olm. Brünn — Bryun) — Chexiya Respublikasi janubidagi shahar.

Brno — Chexiyadagi shahar, Jan. Moraviya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 398 ming kishidan ziyod (1990ylar urtalari). Transport yoʻllari tuguni. B.da, asosan, mashinasozlik sanoati rivojlangan. B. Chexiyaning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan. Chexiya FA filiali, unt, muzeylar (sanʼat, Moraviya muzeyi) va b. bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Shpilberk kasri (13— 18-a.lar), Gotika cherkovi, Eski ratusha (14—16-a.lar), Yangi ratusha (16— 18alar) saqlangan. Oʻrmon parklari koʻp. 1805 y.da B.yonida Fransiya armiyasi bilan Rossiya va Avstriya qoʻshinlari oʻrtasida kattajang boʻlgan. Shaharga 11-a.da asos solingan.[1]


Kattaligi bo'yicha Chexiyada ikkinchi yirik shahar. Aholisi: 405,4 ming kishi. Maydoni: 230 km².


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil