Foydalanuvchi:Abduraximovjavlon27/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asosiy turlariga ta'rif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda marketingning ayrim turlari mavjud bo'lib, ular asosiy marketing tamoyillari hamda vazifalaridan biroz farq qiladi va ular quyidagilar:

  • Partizancha marketing – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko'p pul sarflash o'rniga tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.

Partizancha marketing nostandartlik, noan‘anaviylik, hammaga ma‘lum haqiqat oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni, imkorniyatlar cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing bu – kuchli raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va diversiyalardan foydalanishdir.

Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli pul kiritmagan holda o'z tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi mijozlar jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli reklama va marketing usullariga aytiladi. Shu sababli partizancha marketing «kam byudjetli marketing» yoki «kam xarajatli marketing» deb ham ataladi.

  • Virusli marketing – shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning reklamasi kishiga shu qadar ta‘sir ko'rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish g'oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o'za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u haqida do'stlari va tanishlariga o'zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.

Virusli marketing – e-mail-marketing uchun xos bo'lgan uslubiy tamoyillar bo'lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga etkazishini rag'batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial o'sishi uchun salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi.

Virusli marketing – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun odamlarning o'zidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu «og'izdan og'izga» marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish, mish-mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi, tavsiyalar bo'yicha marketing yoki «uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin.

  • Tarmoq marketingi – kompaniyaning mustaqil vakillari yoki distribyutorlar tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni to'g'ridan- to'g'ri tarqatish bilan bog'liq biznes. Tarmoq marketingining asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni axborot bilan qamrab olish hisoblanadi. Tarmoq marketingining zamonaviyroq sanalgan MLM (Multi-Level Marketing) tushunchasi «Ko'p tarmoqli marketingi» sifatida izohlanadi. Tarmoq marketingida mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda ko'p odam jalb qilinadi. Tarmoq arketingi sohasida faoliyat yuritadigan juda ko'p kompaniyalar mavjud. Har qanday mahsulot yoki xizmat bugungi kunda tarmoq marketingi tizimi yordamida tarqatiladi

Tarmoq marketingi – to'g'ridan-to'g'ri sotuv usuli bilan chakana savdoning eng tarqalgan usuli. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o'rtasida ulgurji savdo firmalari yo'qligi xarakterli – tovarning butun harakati yangi ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmog'ida ro'y beradi. Keng tarmoqlangan tarqatuvchilar tarmog'i vujudga keladi. Tovar ishlab chiqaruvchi kompaniya sotuv hajmini oshirganlik uchun qo'shimcha chegirmalar taqdim etgan holda tarmoqning o'sishini rag'batlantiradi. Tarmoq marketingida, qoidaga ko'ra, ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari o'tkazilmaydi – sotuvchining o'zi tovarn xaridorga taqdim etadi, tovar xususiyatlari haqida ma‘lum qiladi, uning ustunliklarini namoyish etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.http://www.marketing.kharkov.ua/marketing/setevoy-marketing.html

2. Marketing - Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A.