Foteh niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Niyoziy Foteh (1914.16.4, Samarkand — 1991.30.8, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1986). Samarqand Ped. akademiyasida oʻqigan (1934). 2jaqon urushi qatnashchisi (1941—45). F.N.ning ijodi oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Dastlab oʻzbek tilida "Mayak" (1933), "Bu kunning gʻazali" (1938), "Sevgi" (1940) singari toʻplamlari nashr etilgan. "Vafo" (1kitob, 1949; 2kitob, 1958) romani, "Qoʻshni qiz" (1954) qiyesasi yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. "Oʻrmonni xilvat bilma" (1975), "Qurolsiz askarlar" (1986) romanlarida Ikkinchi jahon urushining dastlabki (1941—42) yillari voqealari ifodalangan. F.N. dramaturg va kinodramaturg sifatida ham "Vatanparvarlar" (1938), "Koʻprik" (1959) kabi dramalar, "Uchinchi qiz" (1971), "Gʻayurovlar oilasining sarguzashti" (1975) kabi kinossenariylar yaratgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureata (1977).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vafo [roman], T., 1974. Ad.: Ijodkor doʻstlar, T., 1968.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil