Filip Ivanović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filip Ivanović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Filip Ivanović
Tavallud sanasi 13-fevral 1992-yil (1992-02-13) (32 yosh)
Tavallud joyi Aranđelovac, Yugoslaviya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Karađorđe Topola
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008–2014 Hajduk Beograd 25 (0)
2010–2014Zvezdara
2014 Lokomotiva Beograd
2015 Bežanija 16 (0)
2016 Sloga Petrovac 11 (2)
2016–2017 Inđija 23 (3)
2017–2018 Radnik Surdulica 31 (4)
2018–2021 Sabah 55 (1)
2021–2022 Teuta Durrës 25 (3)
2022–2023 Radnički Kragujevac 31 (0)
2023– Navbahor - (-)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-iyul 2023 uchun)

Filip Ivanovich (Serbiya kirillchasi: Филип Ивановић; 1992-yil 13-fevralda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aranjelovac shahrida tugʻilgan Ivanovich faoliyatini „Karadorje Topola“ futbol akademiyasida boshlagan. Keyinchalik „Hajduk_Beograd“ jamoasida professional faoliyatini boshladi. U yerda 2008 va 2014-yillar oraligʻida 25 oʻyin oʻtkazdi. Ayni paytda u Belgrad zonasi ligasining „Zvezdara“ jamoasi bilan oʻynab, mahalliy ligada bir necha marta sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi[1]. „Lokomotiva Beograd“ jamoasi safida yarim mavsum toʻp tepganidan soʻng, Ivanovich „Bezaniya“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u yerda 2015-yilgi mavsumni oʻtkazdi[2]. 2016-yil boshida Ivanovich „Sloga Petrovac“ jamoasi tarkibiga oʻtdi[3]. Oʻsha yilning yozida klub tarqatib yuborilganidan keyin Ivanovich jamoani tark etdi. Keyinchalik u „Indija“ futbol klubida yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi[4]. 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan Ivanovich Sportski Jurnal nashri tomonidan 2016/17-yilgi Serbiya Birinchi Ligasining enga yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tanlandi[5]. 2017-yilning yozida Ivanovich Serbiyaning top-klubi „Radnik Surdulica“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6].

2018-yilning 26-iyunida Ivanovich Ozarbayjon Premyer-ligasi vakili „Sabah“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi[7]. Bir necha kundan keyin transferni Radnik Surdulica sport direktori Darko Gashich tasdiqladi[8]. 2023-yil Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[9][10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 11 May 2019[11]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro Boshqa Umumiy
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hajduk Beograd 2008-09 Serbian First League 1 0 1 0
2009-10 Serbian League Belgrade 1 0 1 0
2011-12 11 0 11 0
2013-14 12 0 12 0
Umumiy 25 0 25 0
Bežanija 2014-15 Serbian First League 4 0 4 0
2015-16 12 0 2 0 14 0
Umumiy 16 0 2 0 18 0
Sloga Petrovac 2015-16 Serbian First League 11 2 11 2
Inđija 2016-17 23 3 1 0 24 3
Radnik Surdulica 2017-18[12] Serbian SuperLiga 31 4 0 0 31 4
Sabah 2018-19 Azerbaijan Premier League 24 1 1 0 25 1
Umumiy 130 10 4 0 134 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ivanovic, Filip“ (Serbian). srbijafudbal.com. Qaraldi: 2017-yil 17-dekabr.
  2. „Ivanović, Filip“ (Serbian). FK Bežanija official website. 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
  3. „Sloga iz Petrovca na Mlavi završila prelazni rok“ (Serbian). boom93.com (2016-yil 17-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-iyul. [sayt ishlamaydi]
  4. „Pojačanja u FK Inđiji“ (Serbian). sremska.tv (2016-yil 2-avgust). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
  5. „Погледајте Журналов тим сезоне Прве лиге Србије: Кировски и Ђерић најбољи!“ (Serbian). Sportski žurnal (2017-yil 21-iyun). Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
  6. „Gojković ostaje u Radniku. Tim pojačali Ivanović i Plavšić.“ (Serbian). FK Radnik Surdulica official website (2017-yil 29-iyun). Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
  7. „Сабах подписывает троих легионеров“ (Russian). azerisport.com. Azerisport (2018-yil 26-iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  8. „Радник продао штопера: Ивановић у Азербејџану“ (Serbian). Sportski žurnal (2018-yil 3-iyul). Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  9. „Расман! "Навбаҳор" икки футболчини ЎзПФЛ рўйхатидан ўтказди (фото)“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  10. „"Навбаҳор" сербиялик ҳимоячи билан шартнома имзолади“. 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  11. Filip Ivanović Soccerway saytida
  12. „Ivanović, Filip 2017–18 season“ (Serbian). Serbian SuperLiga official website. Qaraldi: 2017-yil 17-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]