Feod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feod (soʻnggi lot. feodum) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada senor tomonidan oʻzining vassaliga merosiy mulk sifatida inʼom etilgan yerlar (yoki qayd etilgan daromad). Buning evaziga vassallar harbiy, saroy (senorial sudlarda ishtirok etish, senoriyani boshqarish va b.) xizmatlarini oʻtashlari, udumga binoan, tegishli badal pulini toʻlashlari lozim boʻlgan.