Farziddin Fayozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farziddin Zayniddinovich Fayozov (1941.1.3, Toshkent viloyati Nanay qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1967). 1966— 91 yillar Muqimiy teatrida ishlagan. Teatr sahnasida Mamat, Hoji ("Nurxon"), Faxriddin ("Oʻjarlar"), Turumbet ("Jumagul"), Knyaz ("Xonuma xonim"), Andro ("Koʻngli yosh qariyalar"), Kazbek ("Xotinimning eri"), Amir ("Layli va Majnun"), Zoir ("Halima"), Shayton ("Shayton va muridlar"), Roja ("Roja") kabi obrazlar yaratib keng diapazonli, serqirra aktyor sifatida tanildi. Kino (tergovchi, "Jasur bolalar"; Oʻzbek zobiti, "Komanda"; Sudya, "Ayol zoti"; Ota, "Muzaffar" va boshqalar), televizion filmlar (Geolog, "Baland togʻlar ostida", 8 qismli "Imon"da Boybusinov va boshqalar)da ham suratga tushgan. Radiopostanovkalardagi rollari ham diqqatga sazovor. Dublyaj sanʼati ustasi sifatida ham tanilgan. Televizion hujjatli filmlarga diktorlik qilgan.