Farnak I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farnak I (? — mil. av. 169) — Pont podsholigi shohi (taxm. 185—169). Qora dengizning jan. sohillaridagi katta hududni Pontga qoʻshib olgan, xususan, 183—179 y.larda yunon shaharlari: Sinopa, Amisos, Armena, Kitoros, Kotior, Kerasunt, Trapezunt va b., shuningdek, Pont togʻlaridagi konlarni bosib olgan. 183 y. podsholik poytaxtini Amasiyadan Sinopaga koʻchirgan. Qora dengizning jan. sohilida Farnakiya shaharqalʼasini bunyod etgan.