Fábio Coentrão

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabio Koentrau
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fábio Alexandre Silva Coentrão
Tavallud sanasi 11-mart 1988-yil (1988-03-11) (36 yosh)
Tavallud joyi Vila-du-Kundi, Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Boʻyi 179 sm
Ampluasi himoyachi; yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fábio Coentrão Real Madrid
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2005 Fábio Coentrão Rio Ave
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2007
2007-2011
2011 - h.
Fábio CoentrãoRio Ave
Fábio Coentrão Benfika
Fábio Coentrão Real Madrid
(28 (4)
52 (2)
20 (0))
Milliy terma jamoa
2006– 2010
2009 - hz.
Fábio Coentrão Portugaliya y.t.j.
Fábio Coentrão Portugaliya
(16 (5)
27 (1))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fabio Aleshandre da Silva Koentrau (portugalcha: Fábio Alexandre da Silva Coentrão; 11-mart 1988, Vila-du-Kondi, Portugaliya) — portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi va Real Madrid klubi himoyachisi va yarim himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Rio Ave"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004/05 mavsumda Koentaru oʻzining professional faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahridagi „Rio Ave“ jamoasida boshladi. 2005-yil 14-oktabrda 17 yosh vaqtida Portugaliya ligasida oʻz debyutini oʻtkazdi. Birinchi mavsumda jami 3 ta oʻyinda ishtirok etdi va mavsum soʻnggida Rio Ave jadvalda soʻnggi 16-nchi oʻrinni egallab ikkinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumdan boshlab Koentrau asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi va 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2007-yilning fevralida Chelsi jamoasida bir haftalik malaka oshirishga bordi va natijada „Chelsi“ bosh murabbiyi Joze Mourinyo uning harakatlarini yuqori baholab, oʻyinchining keyingi faoliyatini alohida kuzatishini vaʼda berdi[1].

"Benfika"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda mavsum o'rtasida "Benfika" jamoasi bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Koentrau Chempionlar ligasining 3-nchi saralash bosqichida "Kopengagen" jamoasiga qarshi o'yinda jamoadagi debyut o'yinini o'tkazdi. U maydonga ikkinchi bo'limda tushdi. Portugaliya chempionatida 2007-yildagi o'yinlarida jami 3 t o'yinda maydonga tushdi va 2008-yilning yanvar oyida oliy ligada to'p suruvchi "Nasional" jamoasiga ijaraga berib yuborildi.

2008-yilning iyul oyida gollandiyaning "Feyenord" jamoasiga ijaraga berilganligi haqida xabar berildi[2]. Taraflar oldindan kelishuvga erishishganiga qaramasdan bu ish amalga oshmay qoldi va Fabio ispaniyaning ikkinchi ligasida qatnashuvchi "Real Saragosa" jamoasiga ijaraga berib yuborildi[3]. Saragosada u bitta o'yinda, "Deportivo Alaves" jamoasiga qarshi kechgan o'yinning 82-daqiqasida maydonga tushdi. Natijada 2009-yilning yanvar oyida Portugaliyaga qaytdi va ijara asosida yarim mavsum "Rio Ave" safida o'yinlarda ishtirok etdi.

"Real Madrid"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 5-iyulida Real Madrid jamoasi 30 mln. yevro evaziga Fabioni safiga qo'shdi[4]. U jamoadagi debyut golini urishi uzoq cho'zildi. 2012-yil 17-dekabrda "Espanyol"ga qarshi kechgan uchrashuvda u o'zining ilk golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu o'yinda hisob 2:2 bilan yakunlandi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning yozida 20 yoshgacha Portugaliya terma jamaosi safida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida uchta o'yinda ishtirok etdi. Fabio "Benfika" safida o'zini yaxshi o'yinlari bilan ko'rsata boshlaganidan so'ng, uni asosiy Portugaliya terma jamoasi safiga chaqirishni boshlashdi. Terma jamoa bilan u 2010-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, to'rtta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ikkinchi Divizionning mavsum kashfiyoti: 2006–07
  • Portugaliya ligasining yil kashfiyoti: 2009–10
  • Benfika jamoasining yil kashfiyoti: 2009
  • Portugaliya ligasi oyning yosh o'yinchisi: Oktabr 2009, Mart 2010, Aprel 2010, Sentabr 2010
  • UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Биеннале юниорского футбола“. sports.ru (2007-yil 23-iyul). 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-avgust.
  2. „«Фейеноорд» взял в аренду Коэнтрау“. sports.ru (2008-yil 13-iyul). 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust.
  3. „Coentrão Joins Zaragoza On Loan“ (deadlink). goal.com (2008-yil 17-iyul). 2008-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust. (Wayback Machine saytida 2008-08-03 sanasida arxivlangan)
  4. „«Бенфика» продала Куэнтрана в «Реал» за € 30 млн“. championat.com (2011-yil 5-iyul). 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust. (Wayback Machine saytida 2011-07-08 sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]