Etimologik tasnif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etimologik tasnif - ikki asosiy leksik qatlamni ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiq boʻladi: oʻz qatlam va oʻzlashgan qatlam.

O‘z qatlam. Lugʻat tarkibining asosiy qatlamini, leksikaning miqdor jihatdan ustunlik qiluvchi qismini, nisbatan turgʻun, xitoy tilining oʻziga 159 xosligini oʻzida aks ettiruvchi leksik birliklarni oʻz qatlam tashkil etadi. Xitoy tilining oʻz qatlamiga turli vaqtlarda paydo boʻlgan soʻzlar kiradi. Ulardan ba‘zilari qadim-qadimda paydo boʻlgandir. Ular yirik hayvonlar suyaklariga bitilgan yozuvlarda va toshbaqa kosalaridagi bitiklarda (甲骨文 jiǎgǔwén) uchraydi.

O‘zlashgan qatlam. Oʻzlashgan soʻzlar (借词 jiècí yoki 外来词 wàiláicí) bu — chetdan kirib kelgan soʻzlardir, ya‘ni boshqa tillardagi leksik birliklarni toʻliq yoki qisman ishlatish, ularni qoʻllashdir. Bir tilning boshqa bir tilga ta‘siri uning 161 grammatikasi yoki fonetikasida emas, balki leksik birliklarida namoyon boʻladi. Soʻz oʻzlashtirish istalgan tilda mavjud boʻlib, ular faqat turli tillarda turli darajadadir. Yangi soʻz olish ijobiy holat sifatida qaraladi, chunki bu hodisa tilni boyitib, uni yanada keng, undagi ifodalarning aniqroq boʻlishiga xizmat qiladi1 .

Missolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz qatlam

恢复 huīfù — qayta tiklamoq;

聘请 pìnqǐng — taklif qilmoq;

如此 rúcǐ — shunday; 飞翔 fēixiáng — uchmoq;

驱逐 qūzhú — haydamoq;

畏惧 wèijù — qo‗rquv;

而且 érqiě — buni ustiga;

然而 ránʼér — ammo, biroq;

与其 yǔqí — -dan ko‗ra;

尚且 shàngqiě — hattoki;

从而 cóng‗ér — shunday ekan;

O‘zlashgan qatlam

Chetdan hozirda keng qoʻllaniladigan bir qancha soʻzlar kirib kelgan:

乌托帮 wūtuōbāng — utopiya (ingliz tilidan olingan);

瓦特 wǎtè — vatt; 巧克力 qiǎokèlì — shokolad.

Qadimda oʻzlashtirilgan ayrim soʻzlar hozirda ham keng qoʻllaniladi:

葡萄 pútáo — uzum;

菩萨 púsà — Budda;

石榴 shíliú — anor.

Soʻnggi 20 yilda oʻzlashtirilgan ayrim soʻzlar:

迪斯科 dísīkē — disko;

拉力塞 lālìsāi — ralli;

摩托船 mótuōchuán — motoqayiq.